Özbek-Afğon çegaralari vaqtinça yopildi
❌ Özbek-Afğon çegaralari yopildi
Afğoniston Islom Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan boğliq epidemiologik vaziyat keskinlaşayotganligini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi özbek-afğon Davlat çegarasi orqali fuqarolarning harakatlanişini vaqtinça töxtatişga qaror qildi.
“Termiz-avtoyöl” çegara ötkaziş punkti orqali quyidagilarning harakatlanişiga ruxsat beriladi:
📌diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalar va xalqaro taşkilotlar xodimlari hamda ularning oila aʼzolariga;
📌xalqaro yuk taşiş bilan şuğullanuvçi haydovçilarga;
📌öz yurtiga qaytayotgan Özbekiston va Afğoniston fuqarolariga.
✅ Koronavirusga test natijasi manfiy bölsagina şaxslar Özbekistonga kiritiladi.
Agar test natijasi musbat çiqsa:
➖ Özbekiston fuqarolari maxsus klinikalarga davolaniş uçun yuboriladi;
➖ Çet el fuqarolari Özbekistonga kiritilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈


