Toyota asosçisining Beşta nima uçun qoidasi

Matn31-yanvar, 2022, 10:212 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Toyota asosçisi foydalangan “Beşta nima uçun” qoidasi ("5 WHY" rule)

“Beşta nima uçun” qoidasi – pul sarflaşga oid qarorlaringiz töğriligini tekşirişning oson va samarali yöli. Bu qoidadan Toyota kompaniyasi asosçisi Sakiçi Toyoda doim foydalangan. Islom moliyasi böyiça mutaxassis Xondamir Nusratxöjayev özining Telegram kanalida (@chiroylimoliya) bu qoida qanday işlaşini oddiy misol bilan tuşuntirib bergan. Foydali maʼlumot bölgani uçun Sizga ham ulaşyapman.

"Beşta nima uçun" qoidasi özi nima?

Mana bu qoida. Masalan, siz möynali palto istaysiz.
Özingizga savol berasiz: Men nima uçun möynali palto istayman?

Bu birinçi "nima uçun" savoli.
Javob: çunki men hammani hayratda qoldirmoqçiman.

Yaxşi, ikkinçi "nima uçun": nima uçun hammani hayratda qoldirmoqçisiz?
Javob: menga eʼtibor qaratişlarini istayman.

Uçinçi "nima uçun": nima uçun insonlarning eʼtiborini tortmoqçisiz?
Javob: çunki özimga işonçsizlikni his qilaman.

Törtinçi "nima uçun": nima uçun özingizga işonçsizlikni his qilasiz?
Javob: çunki hayotda öz imkoniyatlarimni namoyon eta olmaganman deb hisoblayman, bir joyda qolib ketganman.

Beşinçi "nima uçun": nima uçun hayotda öz imkoniyatlarimni namoyon eta olmaganman deb öylaysiz?
Javob: çunki özimga yoqmaydigan iş bilan maşğulman.

Endi aytingçi, möynali paltoning bunga daxli bormi?

Sakiti Toyoda bir qaraşda körinmaydigan asl sabab, beşinçi "nima uçun" ortida ekanligini örgatadi.

Beşinçi marta aytilgan "çunki" sözi yaşiringan asl sababni yuzaga çiqaradi. Aytiş joiz bölsa, "çunki" sözi bu sizning aslingizdir.

Bu yöl aslida qalbingizda yaşiringan, özingiz ham tan olişdan qörqadigan haqiqatlarni tekşiriş, sizning haqiqiy istaklaringizni biliş va keraksizlaridan voz keçişga yordam beradigan juda samarali usuldir.

Özingizdagi "Beşta nima uçun"dan misol kelitira olasizmi?

Post tugadi.

P.S.: rostdan ham qiziq va foydali usulga öxşaydi. Biror kattaroq narsa xarid qilişdan avval qöllab körsangiz, zarar qilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1994
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek