Toşkentga qatnovçi işçilar uçun maxsus avtobuslar taşkil etiladi

Matn23-mart, 2020, 22:201 daqiqa0 koʻrish

Köplab xodimlari Toşkent viloyatida yaşaydigan korxonalar va tadbirkorlik subyektlari uçun maxsus avtobuslar taşkil etilişi mumkin

Toşkent şahriga kiriş-çiqiş yopilişi munosabati bilan köplab korxonalar va tadbirkorlik subyektlari xavotirga tuşib, asosiy işçilari Toşkent viloyati istiqomat qilişini va ular endi qanday işga kelib-ketişini söraşayotgan edi.

Toşkent şahar hokimligi bu böyiça quyidagilarni maʼlum qildi:

Toşkent viloyatida istiqomat qilib, Toşkent şahrida mehnat qilayotgan fuqarolarning korxona va taşkilotlariga kelişi va ketişi böyiça barça işlar 2020-yil 24-martdan boşlab «Toşşahartransxizmat» AJ tomonidan şartnoma asosida amalga oşiriladi.

«Toşşahartransxizmat» AJ tomonidan taqdim etilayotgan avtobuslarning har biri maxsus taniqlilik belgisi (emblema), yölovçining tana haroratini ölçaş uçun teplovizor bilan jihozlanadi. Şuningdek, har bir avtobus har kuni dezinfeksiya qilinişi töliq taʼminlanadi.

Har bir yölovçining tana harorati avtobusga kirişdan kamida 5 metr masofada ölçanadi va harorati yuqori bölgan yölovçi avtobusga çiqarilmaydi.

Barça masalalar böyiça “Toşşahartransxizmat” AJga 712441863 va 712335147 telefon raqamlari orqali murojaat etişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek