Toşkentda IIO xodimlariga qarşilik körsatgan şaxslar jazolandi
Opasi: «Man zamministrning ikkinçi xotini bölaman. Hozir telefon qilaman».
Ukasi: «Supurib taşlayman hozir, 'realniy' aytyapman, formangiz ham foyda bermaydi»
30-iyul kuni ötkazilgan maxsus reyd tadbirida «Neksiya-3» rusumli davlat raqami 01 X 743 DB bölgan avtoulov töxtaş işorasiga böysunmagan. Söngra KXAY va Farhod köçalari kesişmasida töxtatilgan.
Haydovçi 1996-yilda tuğilgan E.Madina avtotransport vositasini texnik qayd etiş guvohnomasidan taşqari boşqa hujjatlarni taqdim eta olmagan. Javobgarlikdan qoçib qutuliş maqsadida E.Madina va uning ukasi 1999-yilda tuğilgan E.Umidlar IIO xodimlarining faoliyatiga tösqinlik qilib, janjal kötargan.
Ularga MJtKning tegişli moddalariga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, avtoulov vaqtinça jarima maydonçasiga joylaştirilgan, sud tomonidan tegişli jazo çoralari qöllangan.
Ötkazilgan tekşiruv jarayonida E.Madinaning heç qaysi vazir örinbosariga aloqasi yöqligi aniqlangan (kim ham tan olardi).
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
