Toshkentda 5 yil ishlaganlar doimiy ro‘yxatga olinadi

Matn21-aprel, 2020, 23:311 daqiqa0 koʻrish

⚡️Toşkent şahri va viloyatidagi davlat taşkilotlarida 5 yil uzluksiz işlagan şaxslar yaşayotgan joyi böyiça propiskaga qöyiladi

Bundan buyon Toşkent şahri va viloyatidagi davlat taşkilotlarida 5 yil uzluksiz işlagan mutaxassislar mazkur hududlarda doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olinadi. Prezident Şavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni imzolagan farmonda şunday belgilangan.

Yaʼni, Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi tuşuntirişiça, fuqaro poytaxtda yoki Toşkent viloyatidagi umumtaʼlim maktabida öqituvçilik qilsa, maktab direktorining; poliklinikada işlasa, poliklinika mudirining maʼlumotnomasi bilan propiskaga kirişi mumkin.

Bizning izoh: demak 11-band böyiça işxonasi orqali propiskaga kirişda talab etiladigan eng yuqori taşkilot rahbari imzosi bilan tavsiyanoma beriş tartibi bekor böladi. Bu tizim korrupsiyaning ğirt uyasi edi (ayrimlar propiskani sotiş bilan şuğullanişgan) va bir xodimni ikkinçisidan, bir taşkilotni boşqasidan ustun qöyib kamsitadigan tizim edi.

Hozirça Farmonning rasmiy matni eʼlon qilinmadi, eʼlon qilingaç, barça özgarişlar haqida batafsil maʼlumot berişga harakat qilaman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek