TikTok ijodkorlari muşuk miyovlaşidan qöşiq yaratişdi

Albom9-oktabr, 2021, 08:565 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Illat izlaganga illatdir dunyo

Bugun TikTok’da bir ajoyib video körib qoldim. Cloud9pethotel nikli foydalanuvçi şunçaki muşugining ajobtovur miyovlaşini joylagan. Şundan söng bir guruh musiqaçilar, jumladan hamyurtimiz Şerzod Ergaşev ham şu miyovlaşdan oxir-oqibat qöşiq yaratişgan. Uşbu videolar jami 70 mlndan ortiq tomoşa qilingan. Qoyil!

1️⃣➡️2️⃣➡️3️⃣➡️4️⃣➡️5️⃣
Videolarni ketma-ketlikda körib çiqing!

Avval ham bir aytgandim, men turli taqiqlarga qarşiman. YouTube, TikTok kabi servislar algoritmi şunaqaki, foydalanuvçi nimaga qiziqsa, şunaqa videolarni köp körsatadi. Yoqmagan mavzudagi videolarni lentada çiqmaydigan qilib bloklaş mumkin.

TikTok insoniyat naqadar ijodkor va naqadar ahmoq ekanini yana bir isbotladi. Qaysi toifani köproq tomoşa qiliş esa faqat va faqat sizga boğliq. Lentangizda ahmoqlar köp çiqayotgan bölsa, özingizga savol berib köring.

👉 @xushnudbek 👈

  • 😁 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek