Özbekistonda Twitter va TikTok vaqtinça bloklandi
Özbekistonda Twitter va TikTok vaqtinça bloklandi
“Özkomnazorat”ning taʼkidlaşiça, «Şaxsga doir maʼlumotlar töğrisida»gi Qonunining 27-1-moddasi talablariga zid ravişda Özbekiston fuqarolarining şaxsga doir maʼlumotlariga işlov berilayotgani uçun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021-yil 2-iyuldan «Şaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvçilar reyestri»ga kiritildi va Internet tarmoğida mazkur resursdan Özbekiston hududida foydalaniş örnatilgan tartibda, aniqlangan kamçiliklar bartaraf etilgunga qadar çeklandi.
Xabarda ayni qaysi ijtimoiy tarmoqlar bloklangani aytilmagan. Ammo ayni vaqtda Özbekistonda Twitter va TikTok sahifalari oçilişi juda ham sekinlaşib qoldi, ayrimlarda esa umuman oçmayapti.
👉 @xushnudbek 👈

