Test sinovlarining birinçi smenasida 37 kişi çetlaştirildi
Manba:UzA | Tezkor xabarlar
1-smenada 37 nafar abituriyent testdan çetlaştirildi
AOKAda ötayotgan brifingda test sinovlarining 1-kuni 1-smenasidagi holat böyiça DTM direktori örinbosari Sardor Rajabov maʼlumot berib ötdi, deya xabar bermoqda ÖzA muxbiri.
1-smena 59250 nafar abituriyent test topşirişi rejalaştirilgan edi. Şundan 55767 nafari iştirok etdi. 3474 nafar abituriyent turli sabablarga köra testga kelmadi.
1 nafar abituriyentning tana harorati baland bölganligi uçun testga kiritilmadi va dalolatnoma tuzildi.
8 nafar abituriyent kiriş joyida test sinovlaridan çetlaştirildi. Xususan, ularning 4 nafari telefon, 1 nafari şpargalka, 2 nafari boşqa abituriyent örniga kirmoqçi bölgan, 1 nafari hujjatni soxtalaştirgani uçun çetlaştirilgan.
Test sinovlari jarayonlarida tartib-qoidani buzganligi uçun 29 nafar abituriyent testdan çetlaştirildi. Jumladan, ularning 26 nafari telefon va boşqa turli elektron vositalardan foydalangani uçun, 1 nafari şpargalka, 1 nafari kalkulyator va 1 nafari soxta hujjat bilan testga kirgani uçun çetlaştirildi.
Kanalga ulaniş:
➡️ @uzauz


