Test natijalarini QR kod orqali biliş tartibi
Manba:Xushnudbek.uz
❓Test natijalarini qanday biliş mumkin?
Keça test topşirgan 100 mingdan ortiq abituriyentlar intiqlik bilan öz natijalarini kutişmoqda. Çunki qoidaga köra, abituriyent töplagan ball xuddi ötgan yildagidek test topşirilgan kunning ertasiga eʼlon qilinadi. Öqişga kirgan yoki kirmaganligi esa barça test sinovlari yakunlangandan keyin çiqadi.
Köpçilik abituriyentlar öz natijasini qayerdan biliş mumkinligini söraşmoqda. Bu juda oson.
Abituriyent ruxsatnomasining pastki öng burçagida QR kod bor. Ana öşa QR kod ostiga maxsus havola (link) yaşiringan böladi. Öşa havola oçilsa, abituriyentning test natijasi körinadi.
QR kodni qanday öqiş mumkin?
1️⃣ Hozirgi zamonaviy smartfonlarning deyarli barçasida QR kodni öqiş uçun telefon kamerasining özi kifoya qiladi. Alohida qanaqadir programma örnatiş şartmas. Şunçaki telefon kamerasini yoqing va abituriyent ruxsatnomasining pastki qismidagi QR kod ustiga kamerani olib boring. Şunda telefon ekranida yozuv paydo böladi va abitur.dtm.uz saytidagi maxsus uzun havola çiqib keladi. Öşa havolani brauzer orqali oçsangiz, natijangizni köriş mumkin böladi.
2️⃣ Agar mabodo telefoningiz kamerasini QR kod ustiga olib borganingizda ekranda heç qanday özgariş bölmasa, unda QR kod öqiydigan maxsus ilova yuklab olişingiz kerak böladi. Masalan, mana dasturni yuklab olişingiz mumkin:
https://play.google.com/store/apps/details?id=tw.mobileapp.qrcode.banner&hl=en_US
❗️Keçagi test natijasi bugun bir neça soatlar içida eʼlon qilinişi kutilmoqda. Ozgina sabr qilişingizga töğri keladi.
👉 @xushnudbek 👈

