MILLIY telekanali 4 yoşga töldi

Matn4-sentabr, 2020, 19:512 daqiqa0 koʻrish

Manba:Komil Allamjonov

Bugun MILLIY telekanali 4 yoşga töldi.

Oh, öşa hayajonlik damlar! Işonasizmi, yöqmi, uşbu kanal işini 20 nafarça odam bilan boşlaganmiz. Bular - Yulduz Hoşimova, Akrom va Qahramon Mahkamovlar, Bahodir Qosimov, Baxtiyor Inoğomov, Şuhrat Rasulov, Deyl Ahmadi, Sunnatilla Qöziyev, Jasur-dangasa Şametov, Paşa Kim, Sarvar Pulatov, Munis Toşmatova, Botir va Ötkir Muhammadxöjayevlar, Hasan va Husan Salihovlar, Sevdo Niyozova, Ayub Şahobiddinov, Şuhrat Jalilov, Sergey Kim.

Erta tongdan «Assalom» qöşiği bilan «Şirçoy» dasturi, keçki «MTV şou», çiroyli milliy liboslarda özbek ayollari roliklari, «Holva», «Lazzat oşxonasi», «Otalar sözi» kabi yuzlab loyihalarni amalga oşirdik.

Eng baxtli damlarim edi öşa paytlar! Çunki, içimdan qaynab çiqayotgan ğoyalarimni amalga oşirişdan meni heç kim va heç nima töxtatib qololmasdi. Menda özbek xalqining urf-odatlari, marosim-tadbirlari, özbek millatining haqiqiy qadriyatlari, turmuş tarzini körsatib beriş imkoni bor edi.

Bugun Telekanal 4 yoşga töldi. Bu davrda u öz örniga ega böldi. Muxlisini topdi. Fayz va sifatni uşlaşga harakat qildi, baçkanalikdan qoçdi. Eng nufuzli 8 tonnalik oş va «Özbegim» kitobi loyihalarini amalga oşirib, özbek oşini Ginnes rekordlari kitobiga kiritgan ham MILLIY telekanali böldi. Kanal barça özbek şou biznes vakillarining maydoniga aylandi. Yillar davomida qatʼiy taqiqda bölgan maşhurlar - Şerali Jörayev, Obid Asomov, Yulduz Usmonova, Ozoda Nursaidovalar faoliyatlarini qayta tiklaşlari va yangi davrdagi birinçi çiqişlari ham aynan MILLIY telekanalida böldi.

Gapirsa, gap köp. Bir söz bilan aytganda, tuğilgan kun muborak! Ilohim, köz tegmasin bu kanalga. Yaşnayversin bu kanal! Umri va faoliyati uzun bölsin! Bayram muborak, hamkasblarim!!

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Test natijalarini bilişning muqobil usullari

    01 daqiqa

Yana oʻqing