Qöşimça test sinovlarining natijalari eʼlon qilindi
⚡️Qöşimça test sinovlarining natijalari eʼlon qilindi, deya xabar bermoqda DTM.
Koronavirusga çalinib, testga kela olmagan yoki test kuni tana harorati 37 darajadan baland bölgan abituriyentlar uçun keça qöşimça test sinovlari ötkazilgan edi. Bugun ularning javoblari eʼlon qilindi.
Qöşimça testga 816 nafar abituriyent keldi, ularning 4 nafari test sinovi jarayonida, 11 nafari hududga kirişda tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovidan çetlatildi.
❗️Şuning bilan, bakalavriat uçun barça test sinovlari töliq tugab, javoblari ham eʼlon qilib bölindi. mandat.dtm.uz saytiga endi boşqa heç kimning natijasi qöşilmaydi.
Keça testga kirgan abituriyentlar natijalarini https://my.dtm.uz sayti orqali körişlari mumkin. Şuningdek, quyidagi botlar orqali ham natijani biliş mumkin:
👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot
Va yana bir yöli https://mandat.dtm.uz saytida ham ID-raqam orqali natijalarni körsa böladi.
👉 @xushnudbek 👈



