Termiz va Boysun hokimliklari texnik xatoni tan oldi

Matn28-oktabr, 2021, 17:211 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzВақт машинаси ихтиро қилган ҳокимлар Ўзбекистонда илм-фан ривожланмаган дейишади. Бўлмаган гап! Мана, айрим ҳудудларда вақтни орқага қайтарувчи машина ихтиро қ…

Keçagi «vaqt maşinasi» yuzasidan Termiz va Boysun tumani hokimliklari munosabat bildirdi

Rasmiy munosabatlardan maʼlum bölişiça, bizning ilm-fan haqidagi umidlarimiz özini oqlamadi. Yaʼni heç qanday «vaqt maşinasi» ixtiro qilinmagan ekan, şunçaki hokimlik xodimlari texnik xatoga yöl qöyişibdi.

Jumladan, Termiz tumani hokimligi xabarida haqiqatdan ham tuman hokimining sessiya çaqiriş töğrisidagi qarori 21-oktabr kuniga belgilangan bölsada, bu haqda 25-oktabr kuni qaror qabul qilingani tan olingan. Bunga aybdor qilib esa, işga yangi qabul qilingan xodim körsatilgan. Yaʼni yangi xodimning masʼuliyatsizligi sababli qaror loyihasi rahbarga imzolaş uçun keç kiritilgan ekan. Hokimning masʼuliyatsizligi sababli uşbu qaror nega imzolangani haqida rasmiy xabarda heç narsa deyilmagan.

Boysun tumani hokimligi ham özining rasmiy munosabatida haqiqatdan 13-oktabrdagi qaror bilan 11-oktabr kuniga sessiya çaqirilgani tan olingan. Bunga ham aybdor qilib masʼul xodim körsatilgan, yaʼni masʼul xodimning eʼtiborsizligi tufayli tayyorlangan qaror loyihasi keçiktirib elektron dasturga kiritilgan ekan.

Ikkala hokimlik ham masʼul xodimga intizomiy çora qöllanganini, kelgusida bu kabi holatlarga yöl qöyilmasligini taʼkidlaşgan.

Har holda Termiz va Boysun tumani hokimliklari xatoni tan olib, bu böyiça munosabat bildirişdi. Ammo Taxiatoş va Böston hokimliklari pinagini ham buzgani yöq. Yoki uşbu hokimliklar xato qilişmaganmikin? Balki uşbu ikkala hokim rostdan «vaqt maşinasi» ixtiro qilgandir? A, labbay?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek