Telefon va internet uçun tölovlar va öçirilmaslik tartibi

Matn25-mart, 2020, 20:392 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

2 oy telefon va internet öçmasligi böyiça

Yodingizda bölsa, Vazirlar Mahkamasining 176-sonli qarorida fuqarolar tomonidan Internet va telefon aloqasi uçun tölovlarni öz vaqtida amalga oşirmaganlik uçun 2 oy davomida öçirilişiga yöl qöyilmasligi belgilangan edi.

Beeline, Mobiuz va Ucell kompaniyalari Vazirlar Mahkamasi qarorining uşbu bandi ularga taalluqli emasligini maʼlum qilişdi. Yaʼni uşbu aloqa kompaniyalarining abonentlari qarz bölib qolişsa, telefonlari öçiriladi.

Uztelecom kompaniyasi esa uşbu qaror ularga taalluqli ekanligini rasman maʼlum qilişdi. Yaʼni 2 oy davomida fuqarolar Uztelecom savdo belgisi ostida körsatiladigan internet va telefon aloqasi xizmatlari uçun tölovlarni öz vaqtida amalga oşira olmasa ham, xizmat körsatiş töxtatilmaydi.

Xabarda gap ayni qaysi xizmatlar haqida ketayotgani töğrisida batafsil maʼlumot berilmagan. Lekin bilişimça, Uztelecom savdo belgisi ostiga Uzmobile, Uzonline, IPTV, IP-telefon hamda oddiy uy telefonlari xizmatlari kiradi.

❗️EʼTIBOR BERING: bu degani - Sizga tekinga internet yoki telefon xizmati körsatiladi, degani emas. Şunçaki Sizga qarz yozib ketaverişadi, lekin öçib qolmaydi xolos. Öşançun ayrimlar internet tekin böldi, mazza endi deb öylab, 300 GB işlatib qöyib, ikki oydan keyin millionlab qarzdor bölib ötirişmasin.

✅ ŞAXSIY MASLAHATIM: tölovga bugun imkoniyatingiz bormi, unda ertaga qoldirmasdan öz vaqtida tölovlarni tölab qöyavering. Bu özingiz uçun foyda. Hammasi yiğilib, juda katta summa bölib ketsa, aksinça qiynalib qolasiz. Faqat bugunni emas, ertani ham öylaş kerak.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek