TDTU qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul eʼlon qildi

Matn29-sentabr, 2021, 20:112 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Toshkent davlat texnika universiteti qoʻshma taʼlim dasturlari asosida 2+2 formatida oʻqishga taklif etadi

🔸2021/2022-oʻquv yilida Toshkent davlat texnika universitetida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari hamkor OTM bilan kelishilgan holda rasman tasdiqlandi.

🗓 Ushbu dasturlarga qabul jarayoni 2021-yilning 10-oktabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

📌 Abituriyentlar quyidagi qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:

🔘Bakalavriat uchun:

➡️ Belarus Respublikasining Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha)”, “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish”, “Avtomobilsozlik va traktorsozlik”, “Biotibbiyot muhandisligi”, “Energiya mashinasozligi”, “Metallar texnologiyalari (jarayon turlari bo’yicha);

➡️ Belarus Respublikasining Belarus davlat texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)”, “Biotexnologiya”;

➡️ Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot universiteti Moskva energetika instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Elektr energetikasi”;

➡️ Rossiya Federatsiyasining Don davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Texnologik mashina va jihozlar (oziq-ovqat sanoati, mashina va apparatlari)”, “Transport vositalari muhandisligi (qishloq xoʻjaligi texnikalari ekspluatatsiyasi)”, “Transport vositalari muhandisligi (qishloq xoʻjaligi texnikalariga texnik xizmat koʻrsatish)”;

➡️ Rossiya Federatsiyasinig Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Neft va gaz ishi (faoliyat turlari boʻyicha)”;

➡️ Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy Xitoy texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda “Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)”. (IELTS 5.5)

🔘 Magistratura uchun:

➡️ Rossiya Federatsiyasining Don davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yer usti transport vositalari va tizimlari” (transport turlari boʻyicha);

➡️ Belarus Respublikasining Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Metallurgiya (metall turlari boʻyicha)”;

➡️ Rossiya Federatsiyasinig Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish”, “Neft va gaz konlarini qidiruv razvedka ishlarining geofizik usullari”;

➡️ Koreya Respublikasining Chungnam milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Elektr taʼminot (tarmoqlar boʻyicha)”, “Muqobil energiya manbalari”.
(IELTS 5.5)

Maʼlumot oʻrnida: Toʻrt yillik oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilar Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan va belgilangan namunadagi diplom oladilar.

Online hujjat topshirish uchun:
https://sop.tdtu.uz

Offline hujjat topshirish uchun manzil:
Toshkent shahri,Olmazor tumani, Universitet ko'chasi 2-uy, 7-qavat, 702-auditoriya.

Batafsil maʼlumot:
📞 Telefon: 712075400, 712070985

🌐 Sayt: https://sop.tdtu.uz
📱 Telegram: @sop_tgtu

  • 👍 6
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek