Ta’limga tikilgan sarmoya ijtimoiy tengsizlikni kamaytiradi

Video19-may, 2021, 13:485 daqiqa0 koʻrish

Manba:Alisher Sadullaev

Inson kapitali — eng qimmat resurs. Yoshlar ta’limiga kiritilgan sarmoyalar esa jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Ilk marta doʻstimiz Xayrulla Ruhitdinov bilan koʻrishganimizda garchi uning koʻzlari ojiz boʻlsa ham, u ilm olish istagida yonib turganini qalban his qilganman. Uning maqsadlari bizni ruhlantirgan. Ushbu havola orqali Xayrulla Ruhitdinov bilan toʻliq tanishishingiz mumkin.

Xayrulla misolida koʻrishimiz mumkinki, ta’limga tikilgan har qanday sarmoya kun kelib, albatta, oʻzini oqlaydi. Yoshlar ishlari agentligi bilim olish yoʻlidagi yoshlarni qoʻllab-quvvatlab, ularga imkoniyat yaratishni oʻzining bosh maqsadi, deb biladi!

@alisher_sadullaev

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek