Bahodir Po‘latov Xitoyda 257 million dollarlik shartnomalar imzoladi
Faqat abituriyentlar haqidagi xabarlardan zerikkanlar uçun (ozgina çidaysizlar endi, uzr).
Surxondaryo viloyati hokimi v.b. sifatida iş boşlaganiga hali 1 oy ham bölmagan sobiq prokuror Bahodir Pölatov Xitoyga safar qilişga ulguribdi.
Safar davomida Surxondaryo va Siçuan işbilarmon doiralarining 140 dan ziyod vakillari iştirokida savdo-iqtisodiy forum taşkil etilib, «Boysun-farm» erkin iqtisodiy zonasi haqida maʼlumotlar berilibdi.
Xitoy safari yakunida yirik sanoat korxonalari bilan umumiy qiymati 257 million dollarlik şartnomalar imzolanibdi.
Surxon vohasi oxirgi yillarda juda bir hokimlarga yolçidimi deyman. Erkin Turdimovni “dod, heç kimga bermaymiz” deya Samarqandga kuzatib qöyişgandi. Köramiz, yangi hokim ham şu darajada xalq mehrini qozona olarmikin. Olingan xabarlarga köra, boşlanişi juda yaxşi deyişmoqda.
Katta işonç bildirilgan hamma halol rahbarlarga omad va kuç-quvvat tilaymiz!
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

