Sportdagi qalbaki hujjatlar va imtiyozli öqişga kiriş
2020-yilda 31 nafar sportçi qalbaki hujjatlar asosida imtiyozli ravişda talaba bölgan
Bu haqda Boş prokuratura tomonidan Turizm va sport vazirligida ötkazilgan yiğilişda maʼlum qilingan. Ayni paytda uşbu holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda.
Bundan taşqari joriy yilda OTMlarga imtiyozli asosda tavsiya etilgan 1 921 nafar sportçi kasbiy (ijodiy) imtihondan ötkazilgan.
Biroq iştirokçilarning 213 nafari maksimal ballning 36 foizini ham töplay olmagan bölsa, 41 nafari ijodiy imtihon talablarini umuman bajara olmagan. Bunday holatlar asosan çim ustidagi hokkey (19 nafar), taekvondo (21 nafar), eşkak eşiş (65 nafar) va futbol (70 nafar) sport turlarida kuzatilgan. Imtiyoz asosida talaba bölgan “sportçilar”ning 147 nafari turli bahonalar bilan (masalan, hozir sport bilan şuğullanmay qöygani va hokazo) imtihonlarda iştirok etmagan.
Boş prokuraturaning maʼlum qilişiça, sönggi uç yilda öqişga imtiyozli kirganlar soni sunʼiy ravişda 5 barobar köpaytirib yuborilgan. 2018-yilda 421 nafar, 2019-yilda 1213 nafar va 2020-yilda 2367 nafar yigit-qiz sportda erişgan yutuqlari uçun davlat OTMlariga imtiyozli ravişda öqişga qabul qilingan.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
