Sözlar öyini: Xitoy va Rossiya munosabatlaridagi farqlar

Matn26-fevral, 2022, 11:161 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:davletovuz

Sözlar öyini

Siyqasi çiqqan bölsa-da, uruşning birinçi qurboni — haqiqat. Zolim ham, mazlum ham öziga qulay gapni aytadi. Bu, ayniqsa, siyosiy bayonotlarda ham öz aksini topadi. Rus propagandasi va rasmiy Kreml, masalan, Xitoy Rossiyani qöllab-quvvatlaydi, maʼnosida turli axborotlar tarqatişda davom etmoqda. Keça Putin va Si Szinpin örtasida telefon orqali muloqot böldi. Kremlning rasmiy saytida Xitoy Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga “hurmat bilan munosabatda bölişini”, deb yozgan. Xitoy rasmiy agentligi Sinxua tarqatgan xabarda esa bunaqa gap yöq.

Xitoy, deyiladi xabarda, Ukraina masalasidagi pozitsiyasini öz qaraşlaridan kelib çiqib belgilaydi. Sovuq uruş mentalitetidan qutiliş kerak. Masalani hal qilişning tinç muzokaralar yölini qöllab-quvvatlaydi. Xitoy hududiy yaxlitlik va suverenitetni hurmat qilişda davom etadi.

Xitoy keça BMT xavfsizlik kengaşining Rossiyani qoralaydigan rezolyutsiyasiga ovoz bermadi, yaʼni qarşi bölmadi, şunçaki betaraf qoldi. Bu betaraflikni Xitoyning anti-ğarb ritorikasi va Rossiya bilan strategik şeriklik fonida rezolyutsiyani qöllab-quvvatlaş bilan teng, deb qabul qiliş mumkin. Maʼlumot uçun mazkur rezolyutsiyaga qarşi faqat Rossiya ovoz berdi, xolos. Keça Özbekiston böyiça ham Kreml xuddi şunday iş tutgan edi. Rossiya uruş iştirokçisi, uning gaplariga işonmaslik uçun esa barça asoslar bor.

  • 👍 2054
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek