Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Sherzod Shermatov internet orqali pul topish haqida

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn3 daqiqa0

​​Karantin vaqtida internet orqali qonuniy pul topiş haqida

Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov internet orqali pul topiş haqida fikrlari bilan örtoqlaşdi:

«Hozirgi vaqtda köpçilik uyda ekanini inobatga olib, uyidan turib internet orqali pul topişni örganiş juda muhim. Köpçilikka bu juda qiyindek körinişi mumkin.

Lekin, internet orqali pul topiş mumkin bölgan platformalardan biri upwork.com ga kirib körsam, uşbu platforma orqali Özbekistonda yaşab 10 ming dollar va undan yuqori bölgan summani şu vaqtgaça topgan insonlar ançagina ekan.

Ular nafaqat Toşkentda, balki respublikamizning turli hududlarida yaşab, hozirgi kunda bemalol uyidan turib, çet elga öz xizmatlarini körsatmoqdalar. Mana, ularni baʼzilarining şu vaqtgaça aqliy mehnati orqali qança mablağ işlaganini profillaridan köçirmalarda körişingiz mumkin.

Iş yönalişlarini tahlil qilinsa, yaxşi daromad topadiganlar albatta AKT sohasi mutaxassislari ekanligi körinadi. Lekin şu bilan birga dizaynerlar, tarjimonlar, iqtisodiy tahlilçilar kabi qator mutaxassislar Özbekistonda yaşab, internet orqali öz xizmatlarini eksport qilayotganligini kuzatiş mumkin.

Bu platforma albatta ingliz tilidan taşqari biron sohada yuqori malakaniyam talab qiladi, lekin undan boşqa kamroq malaka talab qiladigan (şuningdek kamroq daromad topadigan) platformalar ham ançagina, masalan www.mturk.com www.clickworker.com va boşqalar orqali yuqori malaka talab qilmaydigan sodda işlarni bajarib qöşimça daromad oliş mumkin», deydi Şerzod Şermatov.

Şundan söng Xalq taʼlimi vaziri upwork.com tizimida pul topiş tajribasiga ega insonlar uçun onlayn dars sifatida videorolik tayyorlaşga buyurtma eʼlon qildi. Yaʼni şu tizimdan qanday pul topayotganini tuşuntirib, video tayyorlagani uçun pul tölaşini maʼlum qildi.

Ertasi kuni Şerzod Şermatov yana bitta post qoldirdi va upwork orqali 2 nafar yurtdoşimiz bilan videodars tayyorlaş böyiça onlayn şartnoma tuzganini maʼlum qildi (rasmi pastda).

«Yaqin kunlarda videodars tayyor bölsa, boşqa yoşlarimiz uçun ham onlayn iş topişga yordami tegadi deb umid qilamiz», - deydi vazir.

Hozirgi kunda bitta şu upwork.com ni özida 200 dan ortiq odam Özbekistonda yaşab, internet orqali daromad olgan ekan. 400 dan ortiği yana röyxatdan ötgan, lekin endi daromad oladi.

Vazirning taʼkidlaşiça, uşbu mavzu kötarilgandan söng köpgina onlayn daromad topayotgan mutaxassislar ham yaxşi takliflar bildirişgan, öz tajribasi bilan örtoqlaşişga harakat qilgan. Şu bilan birga, faqat muammolar borligini aytib, özi ham harakat qilmay, boşqalarni ham şaştidan qaytarişga harakat qilayotganlar ham ança ekanini taʼkidlagan.

Jumladan, u şunday deydi:

«Ha albatta, qilinişi kerak bölgan işlar juda köp. Jumladan, PayPal kabi tölov tizimlari Özbekistonni özini röyxatiga qöşişi zarurligi ançadan beri muhokama qilinmoqda va bu böyiça tegişli vazirlik va idoralarga ham qator topşiriqlar berilgani lex.uz da oddiy qidiruvdayam körinadi.

Şuningdek, soliq tölaş kerak bölib qoladi deb öz faoliyatini körsatmaslikka harakat qilayotganlar ham oramizda talaygina ekan. Bu esa açinarli holat.

Mehnat yoşidagi aholining yarmidan köpi soliq tölamasligini bilamiz. Lekin öylab qaralsa, barçasining farzandi maktabga boradi, doktorga murojaat qiladi. Mayli, bu alohida mavzu, bu böyiça alohida yoziş kerak.

Uzoq hududlardagi internet va elektr muammolari albatta vaqti bilan öz yeçimini topadi deb umid qilamiz. Lekin eʼtibor bersangiz, hozir biz bilan birga 2 ta upwork orqali videodars tayyorlaşga kirişgan mutaxassislardan biri Andijon viloyatida, ikkinçisi Buxoro viloyatida yaşab, internet orqali şu paytgaça 10 ming dollardan köp daromad topa olişgan.

Şunday ekan, keling, birgalikda vaqtimizni bahona topişga emas, balki imkonimiz boriça yaxşi niyat qilib, internet orqali yoşlarimizga qöşimça daromad topiş yöllarini örgatişga işlatsak», - degan Xalq taʼlimi vaziri.

Sizning ham onlayn pul topişda tajribangiz bölsa, izohlarda yozib qoldirişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek