Şavkat Mirziyoyevning sönggi kunlardagi eʼtiborli ikki jihati
Sönggi kunlardagi eʼtiborli 2ta jihat:
1. Şavkat Mirziyoyev ğalla dalasiga oldindan tayyorlab qöyilgan taxta yölakdan emas, dalaning örtasidan kirib bordi. Çiroyli bölib ösib turgan ğallani örib, taxtadan poyondoz yoziş kimni ğoyasi bölganini bilmadimu, lekin Prezident şuni köra turib, atayin boşqa joydan dalaga kirib borganidan qolganlar töğri xulosa çiqarsa yomon bölmasdi.
2. Ötgan haftada bölgan majlisda Şavkat Mirziyoyev quyidagi fikrni bildirgan: «Sizlarga bir gap aytişga ham qörqib qolganman, darrov prezidentni maqtaşni boşlaysizlar. Bugungi islohotlarni prezident emas, qonun amalga oşiryapti, deb bir neça marotalab aytganman».
Bundan ham ayrimlar xulosa qilsa yaxşi bölardi.
👉 @xushnudbek 👈

