Gubkin universiteti Toşkent filialiga qabul kvotalari
#abituriyent
I.M. Gubkin nomidagi universitetning Toşkent filialiga qabul kvotalari tasdiqlandi
Bu haqda 08.06.2020-yilda 363-sonli Hukumat qarori qabul qilindi.
✅ Qarorga muvofiq, 2020/2021 öquv yili uçun I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toşkent şahridagi filialiga (Filial) talabalarning qabul kvotasi 345 (kunduzgi taʼlim şakli böyiça – 225, keçki taʼlim şakli böyiça – 120) örin miqdorida belgilandi.
❗️Filialga qabul kunduzgi taʼlim şakli yönalişlari böyiça 40 foizi – davlat granti, 60 foizi – tölov-kontrakt, keçki taʼlim yönalişlari böyiça esa töliq tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.
☑️ Universitetning Qaşqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov bölinmasi bitiruvçilarini Filialga maqsadli qabul qiliş, tayyorlov bölinmasi bitiruvçilari örtasida ötkaziladigan alohida tanlov natijalari böyiça amalga oşiriladi. Tanlovdan ötmagan tayyorlov bölinmasi bitiruvçilari Filialga kiriş uçun umumiy talablar asosida imtihon topşiriş huquqiga ega.
‼️ Hozirça mahalliy davlat OTMlariga qabul kvotalari tasdiqlangani yöq.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

