Şavkat Mirziyoyev professional taʼlim tizimi böyiça yiğiliş ötkazdi
Şavkat Mirziyoyev professional taʼlim tizimi böyiça yiğiliş ötkazdi
Bugun, 15-iyul kuni, Prezident huzurida uzluksiz professional taʼlim tizimini yanada takomillaştiriş masalalari böyiça yiğiliş bölib ötgan. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yiğilişda örta böğin mutaxassislari va işçi kasblar böyiça kadrlar tayyorlaşning samarali tizimini yölga qöyiş masalalari muhokama qilingan.
Hozirda mehnat bozorida 9 ming 145 ta kasb va lavozimlar mavjud bölib, ulardan 6 ming 282 tasi (69%) böyiça örta maxsus malaka darajasi talab etiladi.
Kollejlar negizida professional taʼlim muassasalarining yangi tarmoğini şakllantiriş vazifasi qöyilgan. Uşbu muassasalarda boşlanğiç, örta va örta maxsus professional taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanadi. Öqitiş muddatlari zarur bilim, malaka va könikmalarning murakkabligiga qarab turliça böladi.
Yiğilişda uşbu tizimni joriy qilişdan oldin uning metodologiyasini yaratiş, taʼlim dasturlarini xalqaro talablar asosida yangidan işlab çiqib, öqituvçi va işlab çiqariş ustalarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş hamda malakasini oşiriş zarurligi taʼkidlangan. Yoşlarni kasb-hunarga qiziqtiriş va rağbatlantiriş böyiça taklif kiritiş topşirilgan.
«Joylarda işsizlik kuzatilayotgan bir paytda işçi kasblar böyiça mutaxassislarga katta ehtiyoj borligi qayd etildi. Masalan, yengil sanoatda 46 ming, qurilişda 104 ming, metallga işlov beriş böyiça 71 ming, xizmat körsatiş sohasida 67 ming nafar mutaxassis yetişmayapti. Bu taʼlim va işlab çiqariş örtasida uyğunlik yöqligi oqibatidir.
Şu bois bitiruvçining işga joylaşişi yoki öz biznesini yölga qöyişi taʼlim muassasalari faoliyatining asosiy mezoni bölişi kerakligi qayd etildi», - deyiladi xabarda.
👉 @xushnudbek 👈
