Selektorda hayfsanlar, ogohlantirişlar va isteʼfolar
Hayfsanlar, ogohlantirişlar, isteʼfolar — bari bir selektor davomida
11-mart kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş va işlab çiqarişni mahalliylaştiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişi taşkil etildi.
Yiğiliş davomida Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori S.Kariyevga “hayfsan” eʼlon qilindi. Uning ikkala örinbosarini işdan olişga körsatma berildi.
“Özbekiston temir yöllari” raisi v.b. X.Xasilovga “hayfsan”, "Issiqlik elektr stansiyalari" raisi F.Abduraxmonov, "Özmetkombinat" direktori R.Pirmatov, "Özbekneftgaz" raisining birinçi örinbosari Ş.Alirizayevga qatʼiy ogohlantiriş berildi.
Qişloq xöjaligi vaziri J.Xodjayev va uning örinbosari A.Asomov masalani içiga kirmayotgani, pastga tuşib tizimda amaliy natijalar qila olmayotgani tanqid qilindi. «Oziq-ovqat sanoati böyiça bir oy muddatda özgariş qilmasa, ularga qatʼiy çoralar köriladi», — dedi Prezident.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 869

