Sarvqomat dilbarim filmini köriş tavsiya etiladi

Matn6-dekabr, 2018, 23:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​«Sarvqomat dilbarim» - bu filmni albatta köring!

Kimgadir biror narsani tavsiya qilişdan oldin (bölibam kanalim orqali) albatta uning yaxşiligiga özim ham işonişim kerak. Kör-körona nimanidir maqtaş yaxşimas. Garçi «Sarvqomat dilbarim» filmi ijodkorlari taniş bölsada, lekin toki özim şu filmga tuşib, öz közim bilan körmagunimgaça heç kimga tavsiya qilmay turdim. Hozir esa bemalol ayta olaman - bu filmni albatta köring, vaqtingizga açinmaysiz.

«Sarvqomat dilbarim» özbek-qirğiz ijodkorlari hamkorligida Çingiz Aytmatovning 90 yilligiga bağişlab suratga olingan. Aytmatovning şu nomli qissasini 10 yillar oldin öqigandim, lekin öşa paytdagi tuyğularimni kino orqali yana bir bor his qildim. Rosti oxirida zaldagilarning köziga yoş keldi. Film ijodkorlari buyuk adib aytmoqçi bölgan ğoyani tomoşabinga töliq yetkazib bera olgan.

Aktyorlar ijrosiga ham gap yöq. Qirğiz aktrisasi Madina Talipbek "PROLogue" kinofestivalida «Eng yaxşi aktrisa» nominatsiyasini bejizga olmagan. Adiz Rajabovni yengil-yelpi filmlarda körib örganib qolgan ekanmiz, lekin bu kartinada rosa «oçilibdi». Xulosa qildimki, aktyorlarimiz ham mana şunaqa saviyali filmlarga rosa çanqoq ekan, özlariga qolsa baçkana filmlarda çiqişmasdi.

Va özi "PROLogue" kinofestivalida Özbekiston nomidan iştirok etgan yagona töliq metrajli film ham aynan «Sarvqomat dilbarim» böldi.

Xullas, ming marta gapirgandan bir marta körgan yaxşi! Vahima qilingan ayrim filmlardan ming çandon yaxşi. Faqat bu jamoada reklama uçun sarflaydigan milliardlab pul yöq, har qança erkalatadigan kattakon homiylar yöq, lekin ularda eng asosiysi - saviyali film bor!

Tavsiya qilaman.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek