Moliya vazirligining tibbiyot xodimlari maoşi böyiça jadvali

Matn6-dekabr, 2018, 22:232 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz2019 йил 1 апрелидан соғлиқни сақлаш ходимларининг ойлик иш ҳақи 15%га оширилади. Қуйидаги жадвалда шифокор ва ҳамшираларнинг ойлик иш ҳақлари ҳақида маълумотн…

#muştariydan_maktub
(imlo asliça saqlandi)

«Hurmatli Xuşnudbek, kanalingizda keltirilgan Moliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan yuqoridagi jadvalda vazirlikning bir hiylasi mening diqqatimni tortdi va bu haqida eslatma berişni lozim topdim.

Jadval orqali vazirlik tibbiyot xodimlari maoşining oşirilişi ularning real daromadida qanday aks etişini ifodalaşga uringan. Hozirda oddiy vraç va hamşiralar oladigan oylik maoşlarni Moliya vazirligi maʼlumotlarida qayd etilişi şarmandali körinişi mumkinligidan uyalibmi, yoki «Mana tibbiyot xodimlarining maoşlari ham yaxşilanib qoldi» degan taʼsurot uyğotiş uçunmi, bilmadim, bir hiyla qöllanilgan.

Negadur jadvalda oddiy 1stavka vraç (yoki hamşira) uçun belgilangan oylik maoşdan emas 10 yil stajli vraç, 5 yil stajli hamşira oyliklaridan etalon sifatida foydalanilgan. Jadvalni bir körganda buni köpçilik payqamaydi, oddiy vraçning oyligi şu bölsa kerak deb tuşunadi. Natijada 2019-yil 1-aprelga borib vraçlar göyoki 3 mln. hamşiralar 1.5 mln. oylik olişadi degan illuziya paydo qilingan.

Aslini olganda unday emas. Bugungi kunda vraçlar 700 ming söm, hamşiralar 400-500 ming söm oylik olayotganini Moliya vazirligi tan olişni öziga or deb bilsa, şu oyliklarni uyalmaydigan darajagaça kötariş ustida boş qotirsa yaxşiroq bölardi. Vazirlikdan aholini çalğituvçi “raqamlar öyni"ni qilmasdan bazis belgilangan va aniq körsatgiçlar böyiça maʼlumot tarqatişlarini sörab qolamiz».

P.S.: Rostini aytsam, ertalab jadvalni körganda men ham «so stajem 10 let» degan joyini körmagan ekanman. Hurmatli şifokorlar, sabr qiling, Xudo xohlasa albatta Sizlarning ham oylik iş haqlaringiz kötariladi, şu böyiça boş qotirişyapti şekilli. Musulmonçilik - asta -sekinlik!

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek