Samarqand viloyati hokimining uç örinbosari almaşdi
SAMARQAND VILOYATI HOKIMINING UÇ NAFAR ÖRINBOSARI ÖZGARDI
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi E.Turdimovning 2018-yil 1-avgustdagi qarorlariga muvofiq, Nurqulov Abdumajid Alibekoviç viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Şu paytgaça bu vazifada Kamoliddin Qurbonov işlab kelayotgan edi.
Viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari vazifasini bajaruvçisi etib Şukurov Akmal Ğayratoviç tayinlandi.
1-avgustga qadar Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Munis Voseyev örnida endilikda Nurullayev Botirjon Ötkiroviç faoliyat körsatadi.
Manba: zarnews.uz
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

