Rişton tumani hokimi işdan olindi
Riştondagi voqealarning qisqa xronikasi. Tuman hokimi işdan olindi
• Farğonaning Riştonida obodanlaştiriş vaji bilan juda köp aholining uyi buzilib, özlari kompensatsiya berilmasdan köçaga çiqarib qöyilgani haqida OAVda maqolalar eʼlon qilingan edi.
• Riştonliklar buzdi-buzdilardan şu darajada qörqib qolişganidan, hattoki hokimiyat vakillari keçasi kelib uyni besöroq buzib taşlamasliklari — öz xavfsizligi uçun devorga «Bu yerda odam yaşaydi» yozuvini osib qöyişga majbur bölişgandi (surat pastda).
• Yoki xuddi şu obodonlaştiriş vaji bilan Riştondagi 50-80 yillik zabardast çinorlar beayov kesilayotgani sababli aholi daraxtlarga ham eʼlonlar ilib çiqişga majbur bölgandi.
• Hatto hokimlikning ayrim vakillari aholiga «Yoqmasa, Qirğizistonga köçib ketinglar, viloyat hokimligida işlayman» degan gaplarni ham aytişgandi.
• Yakkaboğ va Urgançdagi voqealardan hamda Boş vazirning keskin selektoridan keyin Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev velosipedda yurib, Riştondagi aholining holidan xabar olgani, 27-28-iyul kunlari tumandagi obodonlaştiriş va quriliş işlariga viloyatning barça şahar va tumanlaridan 13 ming 562 nafar haşarçi jalb etilgani xabar qilindi.
• Ammo Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uşbu haşarni mehnat qonunçiligini töğridan-töğri buziş va ommaviy ravişda mehnatga majburlaş hisoblanişi haqida bayonot berdi.
• Bayonotda aytildiki, Vazirlar Mahkamasining 349-son Qaroriga muvofiq, haşarni ötkaziş uçun Prezidentning tegişli hujjati yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bölişi hamda haşar faqat ixtiyoriy asosda ötkazilişi şart. Haşarlar doirasida boşqa turdagi jamoat işlari, şu jumladan, quriliş-taʼmirlaş işlariga majburiy jalb etişga qatʼiy yöl qöyilmaydi.
• Ammo Riştondagi bu ixtiyoriy-majburiy haşar Davlat yoki Hukumat rahbarining heç qanday qarorisiz taşkil etilgan, şuningdek haşar doirasida budjet va boşqa taşkilot xodimlari quriliş va obodonlaştiriş, şu jumladan, avtomobil yöllari böyidagi işlarga jalb etilgan.
• Samarqanddagi «Diana fojiasi» Farğonadagi rahbarlarga saboq bölmagan körinadi.
• Şundan söng ijtimoiy tarmoqlarda Telegramdagi «FARĞONA MATBUOTI» degan guruhda jurnalist Muhammadjon Obidov viloyatdagi boşqa jurnalistlarni koyib, Riştondagi vaziyatni tanqid qilganlarga qarşi maqola yozib çiqişni talab qilgani va ayrim jurnalistlar bu çaqiriqqa «Yest!» deb, buyurtma maqola yozişga tayyorligini körsatgani haqida suratlar tarqaldi.
• Bugun esa Rişton tumani hokimligida navbatdan taşqari bölib ötgan sessiyada tuman hokimi Tavakkaljon Rahimov işdan olindi. Örniga viloyat avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasi boşliği vazifasida işlab kelayotgan Sufhonjon Soliyev Rişton tumani hokimi etib tayinlandi.
• aytişlariça, hozirda uyi buzilganlarga barça kompensatsiyalar töliq berilib, ularga uy-joy quriş işlari ketmoqda.
Ana şunaqa gaplar. Voqealar rivojini kuzatib boramiz.
👉 @xushnudbek 👈
