Qonunga zid izohlarni öçiriş tartibi muhokama qilinmoqda
Qonunga xilof kommentlar haqida xabarnoma yuboriş töğrisidagi Nizom loyihasi eʼlon qilindi
«Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunining 12-1-moddasiga muvofiq, veb-sayt yoki veb-sayt sahifasining egasi, şu jumladan bloger öz veb-resurslaridan jinoiy va boşqa javobgarlikka sabab böladigan harakatlarni sodir etiş maqsadida foydalanilişiga yöl qöymasligi, şunday holatlar sodir bölganda qonunga zid axborotlarni darhol öçirib taşlaşi şartligi belgilangan.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan axborot makonida şaxs va jamiyat manfaatlarini himoya qiliş, internet OAV vakillari va blogerlar veb-sahifalariga qonunga zid şarhlar yozilganda ularni aniqlaş va zudlik bilan öçirib yuborişni tizimli ravişda taşkil qiliş böyiça tegişli normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqildi va muhokamaga qöyildi.
https://regulation.gov.uz/document/9308
Endilikda, veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, şu jumladan blogerga Özbekiston qonunçiligi talablarini buzuvçi, şuningdek qonunga muvofiq jinoiy va boşqa javobgarlikni keltirib çiqaruvçi umumfoydalanişdagi axborot (maqola, materiallar, axborotlar, maʼlumotlar, Internet tarmoği foydalanuvçilari izohlari va boşqalar)larni darhol öçirib yuboriş uçun Agentlik tomonidan xabarnoma yuboriladi.
Veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, şu jumladan bloger xabarnoma olingan paytdan boşlab 24 soatdan keçiktirmasdan Özbekiston qonunçiligiga zid bölgan axborotni zudlik bilan öçirib taşlaşi, şuningdek bu töğrida Agentlikni xabardor qilişi lozim böladi.
Agar axborot öçirilmasa, u holda Agentlik veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, şu jumladan bloger bilan nizolarni hal qiliş uçun sudga daʼvo kiritişi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 4-noyabrga qadar muhokama qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈

