Ruslanbek Davletov O‘zbekistondagi internet narxi haqida
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bugungi kunda Özbekistonda axborot tarqalişiga şaroit qoniqarsiz ekanligi haqida gapirdi.
«Internet Özbekistonda qimmat. Internet arzonligi böyiça Hindiston birinçi örinda – 1 GB internet 9 tsent. Uçinçi örinda Qirğiziston – 2 ming söm. Qozoğiston esa 1 GB internet 6 ming söm ekani bilan dunyo böyiça oltinçi örinda turibdi. Biz esa 16 ming söm narx bilan 54-örinda turibmiz.
Yoki internet tezligi böyiça ham xuddi şunday, 128-örindamiz.
Özbekistonda aholining internet qamrovi 51 foiz va bu juda kam. Butun dunyo misolida oladigan bölsak, 51 foiz internet degani XXI-asrda bu juda uyatli holat. Qozoğistonda aholining internet bilan qamrov darajasi 80 foiz.
34 mln aholiga 19 ta markaziy telekanal va 14 ta radiokanal mavjud.
Boşqa davlatlarga qarasak, AQŞda 8 mingdan ortiq telekanal bor. Rossiyada 3 300 ta, Buyuk Britaniyada 1 000 dan ortiq, Qozoğistonda 100 ga yaqin, Ukrainada 600 dan köproq telekanal bor», - dedi adliya vaziri.
👉 @xushnudbek 👈

