Qashqadaryo viloyati ijtimoiy granti bo'yicha ma'lumot
Manba:Metsenat.uz
Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan eʼlon qilingan ijtimoiy grant boʻyicha maʼlumot
2020-yilning 21-dekabr kuni metsenat.uz platformasida 6 ta yoʻnalish boʻyicha innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun ijtimoiy grant eʼlon qilingandi. Grantga 214 nafar talabalardan arizalar kelib tushgan.
Jami 182 ta loyiha nizom talablariga mosligi aniqlandi. Shundan neft va gaz, kimyo sanoati yoʻnalishida 13 ta, energetika yoʻnalishida 28 ta, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati yoʻnalishida 64 ta, suv xoʻjaligi va ekologiya yoʻnalishida 14 ta, fan va taʼlim yoʻnalishida 40 ta hamda IT texnologiyalar yoʻnalishida 23 ta loyiha nizomda talablariga muvofiq keladi.
32 ta ariza nizom talablariga mos kelmaganligi uchun koʻrib chiqilmasligi belgilandi. Ularning 6 tasi nizomda koʻrsatilmagan yoʻnalishlarda boʻlsa, qolgan 26 ta arizaga loyihalar ilova qilinmagan.
Hozirda 182 ta loyihalar texnik ekspertizadan oʻtkazilib, ishchi guruhlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda oʻrganib chiqilmoqda.

