Sharof Boshbekovdan ona mehri haqida ta'sirli hikoya

Matn19-dekabr, 2018, 20:482 daqiqa0 koʻrish

Qahramon Aslonovning @iqtiboslar kanalida Şarof Boşbekov nomidan aytilgan yaxşi bir hikoyaça eʼlon qilinibdi, Sizlarga ilindim:

«Rahmatli otamiz Normatov Boşbek ikkinçi Jahon uruşi qatnaşçisi bölganlar. Bola edim. Otamiz odamni titratib yuboradigan bir voqeani onamizga gapirib berganlari hamon esimda.

-Vyazma yönalişidagi bir çoğroq şaharçani duşmandan ozod qildik, – deya gap boşladi otamiz. – Qahraton qiş. Ikki qavatli yoğoç uylar, köça töla öliklar... Bir uyning ikkinçi qavatiga çiqsam, latta-puttalar uyumi yonida bir ayol ölib yotibdi. Bitta ham duşman yöq – qoçib ketişgan şekilli. Endi ögirilib ketmoqçi edim, ölik yonidagi latta uyumi qimirlaganday böldi. Oçib körsam, yo qudratingdan, tirik çaqaloq ölik onasini emib yotibdi!.. Derazaga yugurib borib, pastdagi hamşirani çaqirdim.

Zudlik bilan hamşirayu vraçlar yetib kelişdi. Hayratlanarli joyi şundaki, murda sovuqda qotib qolgan bölsa ham çaqaloq emayotgan kökrak yumşoq va issiq edi, ikkinçisi qotib yotibdi! Harbiy vraçlar ham hayratda: odam ölgandan keyin uzoği bilan yigirma daqiqadan söng organizmdagi barça aʼzolar öz faoliyatini töxtatişi kerak-ku!.. Vraçlarning aytişiça, bu ayolning joni uzilganiga ön kun, bölmaganda bir hafta bölgan ekan!..

Hamşiralar tezda gödakning tagligini almaştirişdi, qaytadan yörgaklab, şinelga öraşdi. Oradan köp ham vaqt ötgani yöq, bir payt qarasak, hozirgina çaqaloq emib turgan qaynoq va yumşoq kökrak ham ikkinçisiga öxşab sovuqda qotib yotibdi. Xuddi jigargöşasining işonçli qöllarga tuşganidan xotirjam bölganday... Birov gapirib berganida ikki dunyoda ham işonmasdim, öz közim bilan kördim axir... – deb otamiz hikoyasini tugatdilar.

Nima bu? Bu ne sinoat, ne möʼjizaki, ona ölganidan keyin ham yuragining bir parçasiga ummon qadar mehr, osmon qadar muhabbat soğinsa! Tabiat qonunlariga böysinmaydigan, tibbiyot qonunlarini tan olmaydigan ONA MEHRI oldida butun borliq taʼzimda».

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek