Qadr keçasini ötkaziş böyiça Fatvo hayʼati tavsiyalari
Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼatining Qadr keçasini ötkazişga doir tavsiyalari
Yurtdoşlarimiz har yili Ramazon oyini xursandçilik bilan kutib olganlari kabi bu oyning oxirgi ön kunligini ham orziqib kutadilar. Çunki oxirgi ön kunlikda ming oydan ham yaxşi, duolar ijobat böladigan barokatli Qadr keçasi bor. Bu keça haqida Qurʼoni karimda butun boşli “Qadr” surasi nozil bölgan:
«Albatta, Biz U (Qurʼon)ni Qadr keçasida nozil qildik. (Ey Muhammad) Qadr keçasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! Qadr keçasi ming oydan yaxşirokdir. U (keça)da fariştalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorining izni ila (yil davomida qilinadigan) işlar (rejasi) bilan (osmondan yerga) tuşarlar. U (keça) tong otguniça salomatlikdir" (Qadr surasi, 1-5 oyatlar).
Payğambar alayhissalom uşbu keçani ibodat bilan ötkazişga tarğib qilar edilar. Lekin bu keçada öqiladigan maxsus namozni belgilab bermaganlar, odatdagidek tarovih va tahajjud namozlari öqiladi.
Hadisi şariflardan birida Nabiy alayhissalom şunday deganlar:
«Kim Laylatul Qadr keçasini imon va ixlos bilan bedor ötkazsa, uning şu keçagaça qilgan gunohlari mağfirat qilinur» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilganlar).
Demak, uşbu fazilatli keçani köproq ibodat, namoz, zikr, Qurʼon tilovati hamda iltijo, tazarruʼ duolar bilan ötkazişimiz kerak. Inson özining ota-onasi va yaqinlarining haqqiga ofiyat va saodat, yurt tinçligi va turli balolarni daf bölişini sörab, duo qilişi ayni muddaodir. Ayniqsa, uşbu keçada Payğambar sallallohu alayhi vasallam taʼlim berganlaridek:
«Ey Alloh, albatta, Sen gunohlarni afv qiluvçisan, afv qilişni yaxşi körasan, bizlarni afv et!» – duosini köp aytiş mustahabdir.
Örni kelganda şuni tavsiya sifatida aytamizki, Qadr keçasini har kim öz uyida ötkazişi sunnatga muvofiq böladi. Çunki birorta hadisda bu keçada töplaniş, ziyofat qilişga tarğib yöq. Mujtahid ulamolar va ulardan keyingi olimlarning sözlarida ham Qadr keçasi uçun jamlanişni fazilatli amal ekanini topa olmaymiz. Aslida tungi ibodat va zikrlar yolğiz holda, odamlarning köz öngidan yiroqda, riyo va sumʼadan holi tarzda ado etilişi bilan fazilatlidir.
Qolaversa, hozirgi karantin qoidalari davom etib turgan vaqtda bir joyga jamoat bölib yiğiliş öz jonini tahlikaga qöyişdir. Şuning uçun har birimiz uyimizda qolib, oila davrasida ibodat qilaylik va Qadr keçasini imkon qadar fayzli ötkazaylik.
Alloh taolo bu keçadagi duo va ibodatlarimizning barakotidan tez kunlarda yurtimizni har xil kasalliklardan xalos qilib, turli balo-ofatlardan Öz hifzu himoyasida saqlasin! Yurtimiz tinçligi va osmonimiz musaffoligi doimiy bölsin! Omin!»
👉 @xushnudbek 👈

