PUBG MOBILE öyiniga qaramlik haqida obunaçi maktubi

Matn4-aprel, 2021, 18:522 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Kanalimizning bir obunaçisidan xat oldim, uni ayrim juzʼiy tahrirlaş bilan Sizga ham ulaşyapman:

«Assalomu alaykum. Iltimos bir öqib çiqing!

Mening murojatim boşimdan ötgan bir hodisa xaqida. Bundan deyarli bir yil oldin örtoqlarim öynaşiga qiziqib PUBG MOBILE öyinini yuklab olgandim va bu öyin ança yoqib qoldi. Xozirgi kunda bu öyinni eşitmagan odam bölmasa kerak. Özim ustaçilik qilaman, har kuni keçki vaqt böşayman. Har kuni işdan böş böldim degunça telefonga yopişar edim. Deyarli bir yildan buyon şunaqa edi, bundan bir hafta oldingaça. Roppa-rosa bir hafta oldin öyinga yangilaniş keldi va yangiladim öyinga kirmoqçi bölsam kirmadi, bilişimça öyinga qöşgan qöşimça programmalarga ban bergan. Öşa vaqtda şokka tuşib qoldim qölimdagi telefonni otib yubordim. Asablarim tarang bölib ötirgandim va birdan özimda bölayotgan narsalarni öylay boşladim. Xeç jiddiy öylab körmabman, bu öyinga qançalik berilib ketganimni.

Öylab qoldim, menga nimalar böldi şu bir yil içida. Boşidan öyinga qölim kelişib ketdi. Kunlar ötdi, ança tajriba orttirdim. Öyinga bölgan qiziqişim tobora öziga tortardi. Köpçilikning içida birinçi böliş hissi juda ajoyib. Boşida 1-2 soat böladigan öyin, keyinçalik 5-6 soatgaça çöziladigan böldi, baʼzida undan köp. Bu öyinni domiga tuşganimdan buyon butun bir xayolim şunda bölib qoldi. Nima qilsam ham birinçi böliş uçun qölimdan kelganini qilardim. YouTube tarmoğidan bor sirini örgandim. Şu orada ança yaxşi öyinçiga aylanib borardim. PUBGda özgarişlar ança yaxşi edi, lekin, özimdagi taşqi özgarişlar şuni aksi böldi. Tabiatan şöx, hazilkaş bola sal gapga jahli çiqadigan, qörs bölib qolibman. Eʼtiborsiz, salga xayolim qoçadigan bölib qolibman. Avvallari aytilgan gapni tez ilğardim, hozir esa ikki-uç marta aytmasa bölmay qolibdi. Öyin vaqtida qilinayotgan telefonlarga ham, çaqirayotgan odamlarga ham kim bölişidan qatʼi nazar javob bermasdim. Işimda ham kamçiliklar köpaydi. Xar kuni kun böyi uyqusirab yurardim. Özimda bölgan salbiy özgarişlarni sanasam tugamaydi.

Qisqa qilib aytganda şu botqoqqa botib qolgandim şularni öylab çiqib, özimdan nafratlanib ketdim, qançalik ahmoq bölganimni his qildim.

Men kimgadur aqllilik qilmoqçi emasman, şunçaki beş daqiqa vaqt ajratingda bir sarhisob qilib köring, bir kunda neça soat vaqtingiz ketayapti telefon öynaşga? Bu aynan PUBG bölişi şartmas, öşa soatni kunlarga, kunlarni oylarga köpaytiring. Bu şunçaki hisob-kitob emas, bu fojia. Özbekistonda juda köpçilik odam şu öyinni öynaşayapti.

Men şu botqoqqa botdim va çiqib keta oldim, deb öylayman».

Xat tugadi.

Öyin öynaş yomon iş emas, faqat barçasida meʼyor bölsa böldi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 15
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing