Super-kontrakt böyiça öqişni köçiriş tartibiga izoh

Matn19-avgust, 2018, 13:283 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

«Perevod» böyiça ayrim qöşimça izohlar

Avvalgi izoh mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/848

Örtoqlar, «perevod»da ball bilan köçib ötilmaydi. Ballning mutlaqo aloqasi yöq.

Faqat super-kontrakt toifasi köçib ötadi xolos.

Masalan, quyidagiça savollar juda va juda köp berilmoqda:

Men 130 ball bilan yiqildim, kiriş bali 150 böldi. Xuddi şu OTMdagi falon fakultetda kiriş 110 ball böldi. Öşa yerga «perevod» qilsam, oddiy kontraktda öqiymanmi?

Yöq, unaqa emas. Yangi tartibni notöğri tuşunyapsizlar. Gap faqat super-kontraktdan arzonroq bölgan boşqa super-kontraktga «perevod» qiliş haqida ketmoqda. Bali past joyga «perevod» qilib, oddiy kontrakt yoki grantga kirib qolmaysiz.

Men 130 ball oldim, hozir menga 8 ball yetmayapti. 10 barobar super-kontraktga tuşganman. Falon fakultetda kiriş 132 ball bölgan. Agar uyoqqa «perevod» qilsam, 2 ball farq qoladi, men şunda arzonroq, yaʼni 2 barobar kontrakt tölaşga ötsam böladimi?

Yöq, bölmaydi. Yana qaytaraman, bu yerda ballar muhim emas. Şuningdek, uşbu qaror 4 ballik hududdagilar uçun taalluqli emas. Sababi 4 ballik hududdagi super-kontrakt barobarlari butun Özbekistonda bir xil. Masalan, qaysidir OTMga 1 ball yetmay qolgan bölsa, 1,5 barobar, boşqasiga 1 ball yetmay qolgan bölsa, 2 barobar tölanmaydi-ku. Hammasida miqdor bir xil. Şu sababli uşbu qaror 4 ballik hududdagilarga amal qilmaydi.

Gap aynan 10 barobardan oşiq super-kontraktlar haqida ketmoqda.

Yana bir tomoni.

Super-kontraktning 4 xil miqdori bor: 10, 15, 20, 25 barobar.

Demak, eng arzon super-kontrakt 10 barobar. Avval eʼlon qilganimdek, 141 ta yönalişda (51,1%) super-kontrakt miqdori 10 barobar (eng arzon) etib belgilangan.

Bundan xulosa qiliş mumkinki, super-kontrakti 10 barobar bölgan yönalişlar heç qayerga «perevod» qila olmaydi. Çunki boşqa arzon joy yöq, tuşunyapsizmi?

Mayli, yanada “çaynab yediriş” uçun aniq misollar keltiraman.

Yuridik universitetida tarix, ona tili va çet tili tartibida imtihon böladi.
Xuddi şu fanlar ketma-ketligida yana 8 ta yönaliş bor. Masalan: tarix (15 barobar), şarq falsafasi va madaniyati (15), psixologiya (15), falsafa (10), milliy ğoya (10), arxeologiya (10), tarix öqitiş metodikasi (10).
Körib turibsizki, uşbu yönalişlarning barçasida super-kontrakt TDYUUdan arzon.

Demak, yuridik universitetdan yiqilgan abituriyentlar 25 barobar (276 mln) kontrakt tölaşni istamasa, unda men sanagan yönalişlarda 82 mln. yoki 124 mln. tölab öqişi mumkin.

Yoki boşqa yönalişdan yana bir misol.

Toşkent tibbiyot akademiyasining Davolaş işi yönalişida biologiya, kimyo va ona tilidan imtihon böladi. Super-kontrakti esa 20 barobar.
Xuddi şu fanlardan imtihon böladigan yana 37 ta yönaliş bor, şularning 34 tasida super-kontrakt 10 barobar. Masalan, biologiya, agronomiya, tuproqşunoslik, zooinjeneriya, veterinariya meditsinasi, dorivor ösimliklarni yetiştiriş, ösimlikşunoslik va h.k.

Demak, TTAning Davolaş işi yönalişidan yiqilganlar 202 mln super-kontrakt tölaşni istamasa, 34 ta yönalişdan birini tanlab, 82 mln tölab öqişi mumkin.

Xullas, yangi tartib mana şunaqa. Ball-mall degan gaplarni unuting.

Bundan boşqa yana qanaqa tuşuntiriş mumkin, töğrisi bilmadim. Barçaga omad tilayman!

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing