Halima Xudoyberdiyeva vafoti munosabati bilan taʼziya
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0Şavkat Mirziyoyev Halima Xudoyberdiyeva vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlariga taʼziya bildirdi
Özbekiston xalq şoiri
Halima Xudoyberdiyeva
Özbekiston xalq şoiri, atoqli jamoat arbobi Halima Ummatqulovna Xudoyberdiyeva 2018-yil 17-avgust kuni 71 yoşida vafot etdi.
Halima Xudoyberdiyeva 1947-yilda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tuğildi. 1972-yili Toşkent davlat universitetini, 1977-yili Moskva Oliy adabiyot kursini tamomladi.
U öz mehnat faoliyatini “Saodat” jurnalida bölim muharriri sifatida boşlab, uzoq yillar davomida uşbu naşrda boş muharrir örinbosari, boş muharrir lavozimlarida samarali faoliyat olib bordi. 1991-1994-yillarda Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisi vazifasida işlab, mamlakatimizda ayollarning huquq va manfaatlarini taʼminlaş, onalik va bolalikni himoya qiliş, oila institutini mustahkamlaşga munosib hissa qöşdi. “Yozuvçi” naşriyotida, “Guliston”, “Sanam” jurnallaridagi iş faoliyati davrida adabiyotimiz va jurnalistikamiz rivoji yölida sidqidildan xizmat qildi.
H.Xudoyberdiyeva 1991-1995-yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati sifatida mamlakatimiz mustaqilligining huquqiy asoslarini mustahkamlaş yölida jonbozlik körsatdi.
Yorqin isteʼdod egasi, ulkan söz sanʼatkori Halima Xudoyberdiyeva özining sermazmun, badiiy yuksak şeʼr va dostonlari, dolzarb mavzularga bağişlangan publitsistik maqolalarida aziz Vatanimiz va xalqimizga, azaliy qadriyatlarimizga mehr va sadoqat, mötabar ayol va ona siymosiga ehtirom tuyğularini beqiyos mahorat bilan tarannum etdi. Uning yorqin milliy ruh va hayotiy falsafa bilan yöğrilgan betakror ijodi özbek adabiyoti xazinasidan, el-yurtimiz qalbidan çuqur joy egalladi.
Ijodkor qalamiga mansub önlab badiiy yetuk asarlar dunyoning köplab tillariga tarjima qilindi.
Hassos şoira jahon va qardoş xalqlar adabiyotining közga köringan namoyandalari asarlarini özbek tiliga katta mahorat bilan tarjima qilib, milliy adabiyotimizni boyitişga salmoqli hissa qöşdi.
Halima Xudoyberdiyeva jonkuyar taşkilotçi sifatida jamoat işlarida, yurtimizdagi madaniy va maʼrifiy yangilaniş jarayonlarida faol iştirok etdi. Umrining oxiriga qadar “Dugonalar” jurnaliga rahbarlik qilib, yoşlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaşda fidoyilik namunasini körsatdi.
Bugungi kunda Halima Xudoyberdiyevaning ijod maktabida tarbiya olgan, özbek adabiyotida özining mustahkam örnini topgan köplab isteʼdodli ijodkorlar uni özlarining mehribon va talabçan ustozi deb eʼtirof etadilar va qadrlaydilar.
Atoqli söz sanʼatkori Halima Xudoyberdiyevaning özbek adabiyoti va madaniyatini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Özbekiston xalq şoiri” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan edi.
Xalqimizning ardoqli farzandi, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Halima Xudoyberdiyevaning yorqin xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi.
Ş.Mirziyoyev, N.Yöldoşev, N.Ismoilov,
A.Aripov, S.Saidov, O.Hojiyeva





