Şavkat Mirziyoyev Ibrohim Ğofurov va Navoiy haykali haqida

Matn30-avgust, 2021, 11:242 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğofurov hamda qiblaga qaratilgan Navoiy haykali haqida:

«Men “Boburnoma”ni köp-köp öqişga, Boburning hayot yölini örganişga harakat qilaman. Bilasizlarmi, Boburda umuman halovat bölmagan. Uning hayot yöli maşaqqatlar va kuraşlarda ötgan, faqat mehnat qilgan. Ibrohim akaning ham hayotida halovati bölmagan, umri mehnatda ötgan. Hozirga adabiyot sohasidagi barça yozuvçi va şoirlarimiz bu insonni ustoz deydi. Bu insonga halollik va poklik böyiça munosib bölişga harakat qiladi.

Oçiq gap, men Erkin Vohidov va Abdulla Oripov bilan döst edim. Abdulla Oripov bilan Zomin maktabini taşkil qilgan edik. Erkin Vohidov bilan esa keçalari ham gaplaşardik. Erkin akaning bir gaplari bölar edi: agar özbek tilining buyukligini bilişni xohlasang, Ibrohimjondan söraş kerak, derdi. Sevib gapirardilar. Ibrohim aka adabiyotimizning ana şunday zabardast namoyandasi.

Ibrohim akaga öxşagan halol insonlar bizga örnak bölişi kerak. Hayotda, mehnatda, umrda. Bitta stol, ruçka va bitta xona. Boşqa biror narsani bu inson özi uçun ep körmagan. Mana şunday inson albatta Özbekiston Qahramoni bölişiga loyiq.

Sönggi yillarda yozuvçilar va şoirlarni qölimizdan kelganiça qöllab-quvvatlayapmiz. Ularni öz binosi ham yöq edi, ijarada turişardi, mana, Vatanli bölişdi.

Adiblar xiyoboni taşkil qildik. Bu ham bejiz emas. Özligimizni anglamoqçi bölganlar şu xiyobonga kelib körsin, nurli bölib turgan Navoiy bobomizga qarasin. Nima uçun Navoiy bobomizni ham qiblaga qaratib, özgartirdim. Çunki buni tagida ham ilohiy kuç bor».

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek