Pensiya tizimidagi özgarişlarga qança xarajat ketadi
Pensiya tizimidagi oxirgi özgarişlarga qança xarajat ketadi?
Respublikada işlovçi pensionerlar soni 118 ming 736 nafarni taşkil qilar ekan. Şundan:
35 ming - real sektorda;
22 ming - taʼlim sohasida;
20 ming - soğliqni saqlaş sohasida.
Pensiya jamğarmasi bergan maʼlumotga köra, işlovçi pensionerlarning 40 ming nafari pensiyasini töliq oladi, 78 ming nafardan ortiği esa (66%) pensiyalarining faqat yarmini, yaʼni 50%ini olişmoqda.
Agar işlovçi pensionerlarga örtaça 400 ming söm pensiya tayinlangan deb tasavvur qilsak (balki undan köp yoki kamdir), Prezident Farmoni asosida 2019-yil 1-yanvardan boşlab ularga 100% pensiya tölanişi hisobiga har oyda qöşimça 15 mlrd 600 mln söm xarajat ketar ekan.
Bundan taşqari pensiya hisoblaşda iş haqining maksimal miqdori EKIH 8 baravardan, 10 baravarga oşgani uçun qayta hisob-kitob natijasida 533 mingdan köproq pensionerlarning pensiyasi örtaça 65 ming sömdan 265 ming sömgaça oşar ekan.
Umuman olganda uşbu Farmonni bajariş uçun 2019-yilda jami 1,8 trln söm miqdorida mablağ talab etilar ekan.
Haaa, qoyil, bunday Farmonga imzo çekiş oson bölmagan bölsa kerak... 👏👏👏
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


