Pedagogika universitetida hujjat qabul qilişdagi muammolar

Matn28-iyul, 2019, 13:133 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Pedagogika universitetidagi şarmandalik

#abituriyent

Keça kelgan xabar:

«Assalomu alaykum. Xuşnud aka, men Toşkentdagi Turin politexnika universitetining Maşinasozlik texnologiyasini bitirganman. Magistraturaga Pedagogika universiteti matematika fakultetiga topşirmoqçi bölib bordim, lekin “yönalişing töğri kelmaydi” deb hujjatlarimni qabul qilişmadi. Qarorda negizida bölişi kerak, deb yozilgan deyişdi.

Rad javobini yozma yozib beringlar desam, “yöq, yozib bermaymiz” deyişdi. Talab qilaverganimdan keyin, “Borib prorektorga uçra” deyişdi.

Prorektorga borsam xonasida yöq, kotibasi “çiqib ketgan, qaçon kelişini bilmaymiz” deyişdi.

Qabuldagilarga yana borib odob bilan tuşuntirişga harakat qildim, joriy yildan magistraturaga tartib özgarganini, faqat veterinariya, xoreografiya, tibbiyot, tasviriy sanʼat yönalişlariga mutaxassislik töğri kelişi kerakligini, qolganlar mutaxassisliklarga bemalol topşiriş mumkinligini aytdim, baribir foyda bölmadi. Ular hamma mutaxassislik uçun töğri kelişi kerak, deb turib olişdi.

Oliy taʼlim vazirligiga telefon qilib söranglar, desam yöq deyişdi. Özim telefon qilaman unda, desam, telefonda gaplaşmayman deyişdi.

Yoşi katta ustozlarni qabulga masʼul qilib qöygan, ular hatto eşitişni ham xohlamadi. Qarorni körsatyapti, ularga qarorni notöğri tuşunayotganini aytdim, eşitmadi.

Maʼsul kotib ham, magistratura dekani ham “prorektorga uçra” deb turaverişdi. Lekin prorektor xonasida yöq edi, telefonini sörasam, berişmadi.

Eng alam qiladigani, nafaqat bu, balki boşqa kurakda turmaydigan vajlar bilan odamni asabiga öynaşdi.

Masalan, “diplomingni qabul qilmaymiz, bizga ötmaydi, biz bunaqa diplom körmaganmiz, borib Italiyangga ötkazasan” deyişdi. Bizda diplom formati boşqaçaroq, A3 formatda beriladi, baholarini esa alohida A4 formatda berişadi. Borib vazirga qöl qöydirib qaytişim kerak ekan, ötadi deb. Şu diplom ötişini vazirlik tasdiqlab berişi kerakmuş.

Bundan taşqari masʼul kotib “agar mabodo qabul qilinib, maksimum ball olsang ham, byudjetga kirmaysan” dedi. Nega desam, tartibi şunaqa deyişdi. Vaholanki, boşqa yönalişdagilar ham byudjetga kira olişi mumkinligi batafsil tuşuntirilgan edi. Xullas, turli bahonalar bilan hujjatimni qabul qilişni xohlamay, öyin qilişdi.

Şunaqa gaplarni gapiraverib, asabni öynaşgandan keyin, “bor-yey” dedimda, Milliy universitetga ketdim. ÖzMUda hujjatlarimni 5 daqiqada qabul qilişdi, heç qanaqa muammo qilişmadi.

Şundan bildimki Pedagogika universitetida ayni korrupsiya avj olganga öxşaydi. Atayin begonalarni yaqinlaştirişmas ekan. Şunaqa gaplar, böldi xullas».

Xabar tugadi.

Aslida bu xabar yaxlit emas, suhbat şaklida bölgandi. Abituriyentga maslahat berib turdim, öşa masʼullarga telefon qilib boğlab berişini söradim. Lekin narigi tarafdagilar men bilan gaplaşişni istaşmadi, “blogerning gapi menga ötmaydi” deb turib olişdi.

Keyin vazirlikdagi magistraturaga masʼul xodimga xat yozdim. Vazirlik xodimi ham ming afsuski ayrim joylarda bu kabi noxuş holatlar uçrab turgani, OTM vakillari bölayotgan özgarişlarni haligaça tuşunib yetmaganini taʼkidlab, özining telefon raqamlarini öşa abituriyentga berişimni, uning muammosini hal qilib berişini taʼkidladi.

Lekin bungaça hojat qolmadi, TDPUdagi maynavozçilikdan hafsalasi pir bölgan abituriyent hujjatlarini ÖzMUga topşirib bölgan edi.

Bölgan voqealardan juda jahlim çiqdi. Afsuslar bölsinki, Pedagogika universitetidagi öşa masʼullarga öxşaganlar mamlakatda taʼlim tizimini orqaga tortişmoqda. Ularga öxşaganlarni deb, rivojlanib bölmayapti. Ular na yangiliklarni qabul qilişadi, na yangilikka intilişadi. Mana şunaqalarni deb, taʼlim tizimi byurokratiyadan, korrupsiyadan qutula olmayapti.

Pedagogika universitetidagi masʼullar şunaqa bölsa, ular çiqarayotgan kadrlardan nimani kutsa böladi?

Ming afsus, million afsus... Uyat, uyat!

Ey, baraka topgurlar, olayotgan maoşinglarni halollab olinglar. Sal vijdoninglar qiynalsin, agar u bölsa albatta...

P.S.: yana qaysi OTMlarda şu kabi muammolar bölmoqda. Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek