O'zbekneftgaz benzin importi aktsizini oshirishni so'radi

Albom26-may, 2020, 13:491 daqiqa0 koʻrish

«Özbekneftgaz» benzin importiga aksiz soliğini 4 baravarga oşirişni taklif qilmoqda

Neftni qayta işlaş zavodlarining işlab çiqariş quvvatini taʼminlaş maqsadida «Özbekneftgaz» ayrim tayyor neft mahsulotlarining importiga solinadigan aksiz soliği stavkalarini qayta körib çiqişni söramoqda. Xatning haqiqiyligini Energetika vazirligi tasdiqladi.

Masalan AI-80, AI-91, AI-92 benzinlariga aksiz soliğini 5 foizdan 20 foizgaça kötariş taklif etilmoqda.

Jaydari tilda aytganda çetdan keladigan arzonroq va sifatli benzin narxini yanada qimmatroq qiliş evaziga özimizning kompaniyalarimizning xorijdagiga nisbatan qimmat va sifatsiz benzinini xalqqa ötkazişmoqçi. "Xalq arzon benzin olişga haqli emas, ular bir umr qimmat olib kelişgan, bundan keyin ham şunaqa bölib qolsin", deyişmoqçi şekilli.

Samaradorligi rasvo darajadagi "milliy ğurur, milliy mahsulotlarimizni" xorij tovarlaridan himoya qilamiz deb fuqarolarga yuk bosişdan qaçon töxtarkanmiz, hayronman. Bu barça monopol kompaniyalarimizga taalluqli.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek