Özbekneftgaz 2021-yil uçun ijobiy auditorlik xulosasini oldi

Matn22-iyun, 2022, 20:031 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

“Özbekneftgaz” AJning 2021-yil uçun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” xalqaro kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosa berildi

Bu haqda xabar bergan “Özbekneftgaz” AJning Matbuot xizmatiga köra, jahondagi yirik auditor-konsalting kompaniyalaridan biri hisoblangan, “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan “Özbekneftgaz” AJning 2016–2020-yillardagi hisoboti uçun ijobiy auditorlik xulosalari berilgan edi.

Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida 2021-yil uçun konsolidatsiyalaşgan moliyaviy hisoboti uçun “Ernst & Young” xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi mavjudligi “Özbekneftegaz” AJ tomonidan xalqaro fond bozorlarida öz aksiyalarini joylaştirişga muhim turtki bölib xizmat qiladi.

  • 👍 324
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek