O‘zbekistonliklar Amazon orqali mahsulot sotishni boshlaydi
Endi özbekistonliklar ham Amazon orqali mahsulot sota oladilar
Özbekistonlik tadbirkorlar ham endilikda Amazon elektron tijorat platformasida röyxatdan ötişlari va undan öz mahsulotlarini realizatsiya qilişlari mumkin. Faqat Amazon’da mahsulotlarini sotiş uçun fuqaro Özbekiston hududida yaşaşi, telefon raqami va xalqaro tölov kartasiga ega bölişi şart.
Eng qiziği, bu haqda Qozoğiston savdo va integratsiyalaşuv vaziri Baxit Sultanov özining Facebook’dagi sahifasida maʼlum qildi. Uning aytişiça, 2020-yil noyabr oyidan buyon Amazon bilan muzokaralar olib borgan va Qozoğistonni platformaga qöşişga erişişgan. Şuningdek, ular Markaziy Osiyodagi boşqa qöşni davlatlarni, jumladan Özbekistonni ham qöşişni söraşgan. Bu mintaqada umumiy biznes muhitining rivojlanişiga yordam beradi, deb hisoblaşgan.
Bundan çiqadiki, Özbekistonni dunyoning eng gigant savdo platformasi - Amazon’ga qozoğistonliklar qöşib berişganmi? Özimizning bir neçta vazirliklar, Savdo-sanoat palatasi kabi taşkilotlar-çi? Ular bunga harakat qilib körişganmi heç?
Xöp, mayli, qozoqlar umumiy maqsadda butun Markaziy Osiyo davlatlarini Amazon’ga qöşib berişibdi, deylik, baraka topişsin. Ammo endi-çi? Endi tadbirkorlarimizga bu platformadan foydalaniş, tovarlarini butun dunyoga sotiş, poçta va kuryerlik xizmatlarida kömak körsatiş uçun kimdir yöl-yöriq, amaliy yordam beradimi? Kimdir taşabbus körsatadimi? Yoki “tadbirkorlarimiz hali bunga tayyormas”, degan pozitsiyada turamizmi? Qaçongaça?
Biror rasmiy munosabat, tuşuntiriş bildirilsa, yaxşi bölardi.
Maʼlumot uçun: bugungi kunda Amazon elektron tijorat platformasida 200dan oşiq mamlakatda yaşovçi bir neça yuz million faol xaridor mavjud. Amazon’ning 2020-yildagi jami sotuv xajmi 386,1 mlrd AQŞ dollarini taşkil etgan.
👉 @xushnudbek 👈


