Xususiy qöriqlaş agentliklari faoliyati tiklanişi mumkin

Matn14-may, 2018, 20:391 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekistonda yana xususiy qöriqlaş agentliklari faoliyatiga ruxsat berilişi mumkin

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylangan «Davlatning iqtisodiyotdagi rolini yanada kamaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarori loyihasida şu haqda közda tutilgan. (https://regulation.gov.uz/ru/documents/2303)

Loyiha 2019-yilning 1-yanvaridan 27ta davlat funksiyalarini, jumladan, qöriqlaş xizmatlarini (strategik, davlat obyektarini qöriqlaş bundan mustasno) körsatişni xususiy qöllarga va fuqarolik jamiyati institutlariga berişni taklif etmoqda.

Maʼlumot uçun, Özbekistonda xususiy qöriqlaş agentliklari 2014-yil 1-fevralgaça mavjud bölgan — öşandan buyon qöriqlaş faoliyati bilan faqat Içki işlar vazirligi huzuridagi «Qöriqlaş» birlaşmasi şuğullanadi, u kompaniyalarga şartnoma asosida xizmatlar körsatadi.

Qonun loyihasida uşbu tartibni bekor qilib, mazkur faoliyatni litsenziyalaşni joriy qiliş taklif etilgan. Loyiha 27-maygaça muhokama qilinadi.

Kun.uz

  • 👎 6
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek