Özbekistonda pandemiyaga qarşi kuraşdagi muammolar tahlili

Matn11-iyul, 2020, 22:503 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugun «yorilganlar»

Döstlarimiz ketma-ket yozgan postlarni öqib, kayfiyat va asab ança rasvo bölib qoldi. Rostdan özingiz uçun özingiz qayğuradigan payt keldi. Boşqasidan umid yöq.

* * *

Şahnoza Töraxöjayeva özi va oilasining koronavirusga çalinganiga işonmoqda, çunki barça simptomlari töğri keladi. Lekin ming urinsa ham test topşiriş imkonini qila olmayotgani haqida yozibdi. Kasallik simptomlari bor insonlar qayerda test topşirişni bilolmay sarson. Tekingamas, pulga bölsa ham buning imkonini topiş qiyin bölib qoldi. Agar juda katta tanişing bölmasa, test topşiriş hatto otliqqa ham imkonsiz bölib qoldi. Yöqsa Şahnoza opa ham kiçkina lavozimda emas — adliya vazirining maslahatçisi.

Hali şukrki, xalqimiz yoppasiga virus yuqtirgani yöq, lekin şu kiçkinagina bosimga ham soğliqni saqlaş tizimi doş bera olmayapti.

Fikrlarni töliq öqib körsangiz, aytilgan tanqidlarida jon borligiga özingiz amin bölasiz:
t.me/shahnozxon/875

Şahnoza opa va ularning oila aʼzolariga soğliq tilayman!

* * *

Buning davomidan Davletov.uz juda töğri savolni örtaga taşlayapti: nima uçun ötgan 4 oy mobaynida aholidan yoppasiga test oliş tizimi yölga qöyilmadi?

Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasining milliard emas, trilliondan oşiq pullari özbek xalqiga heç qaçon foyda keltirmagan va doim xalqning çöntagiga zarar bölib kelgan monopol kompaniyalarga berildi.

Yoxud biror foydasi ilmiy isbotlanmagan işlar uçun (köçalarni, maşinalarni dezinfeksiya qiliş) milliardlab pullarni havoga sovurmasdan, pandemiyaga qarşi kuraşişda eng kerakli bölgan test oliş tizimini yaratişsa bölmasmidi?

Şuningdek, Davletov.uz quyida bir fikrni taʼkidlayapti, agar muzdek kabinetida ötiradigan amaldorlar yoki ularning oila aʼzolari ham oddiy odamlar kabi test topşiriş uçun issiqda, yuzlab odamlar orasida soatlab navbat kutib turişsa, keyin sal vaziyatni tuşunişardi.
t.me/davletovuz/9856

* * *

Aziza Qurbonova kötarib çiqqan masala ham juda dolzarb. Odamlarni uyga qamayapmiz, test topşirişga imkon bermayapmiz, test topşira olmagaç, öz-özidan uni kasalxonalarga qabul qilişdan boş tortayapmiz, xöp, bunaqa ahmaqona tizimni yaratgaç, heç bölmasa uyda qanday davolaniş mumkinligini keng tarğib qiliş kerak emasmi?

Uy şaroitida kasallikka qarşi birlamçi nimalar qiliş mumkinligini odamlar bilsin, örgansin, internetdagi turli bögan-bömagan retseptlarni qabul qilib, badtar ahvolini oğirlaştirmasin.

Şuningdek, Aziza Qurbonova öz postida OAVda odamlarni virus tarqalişi köpayganda ayblanaverişini eşitaveriş ham baʼdga urib ketganini taʼkidlamoqda.
t.me/qurbonova_a/2949

* * *

Özi şundoq ham kayfiyat yöqligida Muhrimning yozganlari odamni yanada öyga toldirdi. Közimizga juda köp maʼlumot berilayotgandek tuyulsa ham, pandemiya şaroitida köp narsalar oçiqlanmayapti. Bu esa virusga qarşi kuraşişda murakkabliklarni keltirib çiqarayotgani ham bor gap.

Albatta şukr qiliş ham kerak, agar şu balo 5-6 yil oldin bölganda bormi, biz ham ayrim qöşnilarimiz kabi "bizda umuman virus yöq" degan bölarmidik, kim bilsin. Ammo bu şukr bilan nima ham özgarardi? Bugun, bu - keça emas, xavfni bartaraf etişda bugun bilan yaşayveriş kerak.
t.me/muhrim/1166

* * *

Ha, aytgança, Muhrim kötarib çiqqan yana bir masala, yaʼni 183 nafar işçisi koronavirus yuqtirib olgan quriliş kompaniyasining nomini haligaça birorta amaldor yurak yutib ayta olmayotgani haqidagi masala juda hayotimizni yaxşi tomonga özgartirmasa ham, lekin şunçaki bölayotgan ayrim ikkiyuzlamaçiliklar haqida tasavvur beriş uçun yaxşi fakt. Çunki rasmiy axborotlarda boşqa tadbirkorlik subyektlarining nomi (aloqa kompaniyalari, banklar, savdo komplekslari, zavodlar) bemalol aytildi, lekin quriliş kompaniyasi nomiga kelganda «kompaniyaga zarar yetkazişi mumkinligini hisobga olindi».

Muhrim buni şarmandalik deb atamoqda:
t.me/muhrim/1167

***

❗️Xullas, avvalroq yozganimdek, Sizdan birgina ötinçim, özingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling. Vaziyatga jiddiy qarang, beparvolikka berilib qolmang.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek