Özbekistonda koronavirusning afrikança ştammi aniqlandi
Boş vazir: «Özbekistonga «afrikança» ştamm ham kirdi»
Bugun, 17-aprel kuni boş vazir Abdulla Aripov boşçiligida koronavirusga qarşi kuraş komissiyasining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötmoqda.
“Biz hali çegaralarimizni yopganimiz yöq, şuni bilib qöyinglar. Sababi, barçasini töxtatib qöyiş uçun asos böladigan xavfni hali körayotganimiz yöq. Lekin kasallik köpayişni boşladi, yil boşida kuniga 15ta holat aniqlangan bölsa, hozir 300taga çiqdi.
Infeksiya 6-7 foizda oliy taʼlim muassasalarida va 11-15 foiz holatda umumiy örta taʼlim muassasalarida yuqtirib olingan. Bu ötgan yilgi holat bilan taqqoslanadigan bölsa, öşanda maktab bolalarida bu kasallik yöq edi. Yil boşida britança ştamm bolalar örtasida tarqaldi, biz qator maktab va boğçalarni yopişga majbur böldik. Yaʼni, hozir kasallik ham öz turini özgartirib, yanada xavfliroq böla boşladi. Avval bolalarga taʼsir qilmagan bölsa, hozir aksinça bölyapti, hattoki boğça bolalariga ham taʼsir qilyapti.
Afrikança ştamm ham bizga kirdi, buni Ilğor texnologiyalar markazi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik xizmati bilan birgalikda örganib, hammasini bir-biridan ajratib çiqdi. Hozir ham juda çuqur tahlil olib borilyapti”, dedi boş vazir.
👉 @xushnudbek 👈


