Özbekistonda koronavirusning britança ştammi qayd etildi
❗️Özbekistonda koronavirusning “britança ştamm”i qayd etildi
Ming afsuski, “COVID-19”ning “britança ştamm”i yurtimizda ham ilk bor qayd etildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmatiga Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği Bahodir Yusupaliyev xabar berdi.
10 yoşli poytaxtlik fuqaro Ş. (qiz bola) oila aʼzolari bilan birgalikda Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahriga safar qilib, 2021-yilning 23-yanvar kuni Toşkentga qaytgan.
Örnatilgan tartibga köra, xalqaro aeroportda fuqarodan ekspress usulida test olinganda, unda musbat natija qayd qilingan. Şundan söng, bemor zudlik bilan yuqumli kasalliklar şifoxonasiga tez yordam maşinasida olib kelingan. Şifoxonada öşa kunning özida funksional-klinik tekşiruvlardan ötkazildi va unga “COVID-19”ning simptomsiz keçişi taşxisi qöyildi. Keyinçalik 2 bosqiçli test natijasiga köra, “britança ştamm” tasdiqlangan.
Bemorning ahvoli hozirda yaxşi.
❗️Yurtdoşlarimizdan zarurat bölmaganda çet el safarlariga vaqtinça çiqmay turişlarini söraymiz.
Aziz yurtdoşlar! Özingiz va yaqinlaringizni asrang! Salomatligingiz öz qölingizda!
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1



