Aziz Abduhakimov Şaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi
Şaxmat federatsiyasida rahbar almaşdi
Bugun bölib ötgan Federatsiyaning navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasida Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov Özbekiston şaxmat federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.
Mazkur özgariş bejizga emas. Çunki oxirgi paytlarda Özbekistonning iqtidorli şaxmatçilari tomonidan Federatsiya rahbariyati örtasidagi nizolar avj olgan, taniş-bilişçilik kuçayib ketgani xabar qilingan edi. Xususan, opa-singil şaxmatçilar Nafisa Möminova, Hulkar va Gulruxbegim Toxirjonovalar hamda 12 yoşida şaxmat tarixida ikkinçi eng yoş xalqaro grossmeysterga aylangan Javohir Sindorovlarning federatsiyadagi qinğir işlar haqidagi çiqişlari jamoatçilik orasida keng muhokama qilindi.
Umid qilamizki, bugungi özgariş eng qadimiy va maşhur intellektual sport turi böyiça Özbekistondagi holatning yaxşilanişiga turtki böladi.
👉 @xushnudbek 👈



