Özbekistonda 8 ta OTMda jurnalistika yönalişi oçildi
⚡️Töldiriş: Joriy yil 8 ta OTMda jurnalistika yönalişida qabul böladi
Beruniy Alimovning Feysbukda maʼlum qilişiça, joriy yildan boşlab Özbekistondagi 7 ta OTMda jurnalistika yönalişi böyiça qabul böladi.
1) Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
2) Özbekiston milliy universiteti;
3) Özbekiston davlat jahon tillari universiteti;
4) Qoraqalpoq davlat universiteti;
5) Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti;
6) Samarqand davlat çet tillar instituti;
7) Vebster (AQŞ) universitetining Toşkentdagi filiali.
Töldiriş: şuningdek, olingan maʼlumotlarga köra, “Ipak yöli” turizm xalqaro universitetida ham “Travel journalism“ yönalişiga qabul böladi.
Bu juda yaxşi va töğri qaror. Barça sohada bölgani kabi, taʼlimda ham soğlom raqobat orqali sifatni oşiriş mumkin. Taʼlim ham monopoliyani yoqtirmaydi.
Ammo bizda negadir şunaqa amaliyot paydo bölgandiki, qaysidir yönalişdagi OTMni kuçaytiriş uçun boşqa joylardagi fakultetlarni yopişar edi. Bunday amaliyotga mutlaqo qöşilmayman. Boşqa jihatlarini qöya turaylik, oddiygina misol, hamma bir joyga intilsa, bu korrupsiya elementlarini ham kuçaytiradi. Abituriyentlarda tanlov imkoniyati qança köp bölsa, şunça yaxşi.
Quvonarli tomoni, joriy yil monopol yönalişlardan bölgan yuridik yönalişda ham özgariş bölyapti va Samarqand, Namangan va Termizda yuridik fakultetlar oçilyapti. Şunday qilib jami 6 ta OTMda (harbiy oliygohlardan taşqari) yurisprudensiya yönalişida öqitiladigan böldi.
Umid qilamizki, bu kabi yaxşi anʼana yana davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 5


