Oliygohlarda plagiatlikka çek qöyiş çoralari belgilandi

Matn16-iyun, 2021, 20:421 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Şavkat Mirziyoyev: oliygohlarda plagiatlikka çek qöyiş zarur

ÖzA muxbirining xabar berişiça, yangi öquv yilidan boşlab barça oliygohlarda plagiat va ilmiy ğoyalarni özlaştirişni aniqlaydigan ilğor axborot dasturlari joriy qilinadi.

Prezident bu borada Oliy va örta maxsus taʼlim hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirliklari mutasaddilariga topşiriqlar berdi.

Yana bir muhim masala – birorta oliygoh nufuzli xalqaro adabiyotlar bazasiga ulanmagan, ulardagi adabiyotlarning elektron körinişga keltiriş darajasi esa 35 foizga yetmaydi. Masalan, Andijon iqtisodiyot va quriliş instituti, Namangan muhandislik-quriliş institutida – 17 foiz, nufuzli hisoblangan Toşkent kimyo-texnologiya instituti va Toşkent moliya institutida – 18 foiz adabiyotlar elektron şaklda.

Şuning uçun, 1-avgustdan boşlab oliygohlarga özlarining kengaşlari tavsiyasiga köra, xorijiy davlatlardan öquv va ilmiy adabiyotlarni töğridan-töğri xarid qiliş vakolati beriladi.

Yiğilişda xorijdan olib kelinadigan öquv va ilmiy adabiyotlarni bojxona tölovlaridan ozod qiliş böyiça taklif kiritiş, yil yakunigaça 102 ta oliy taʼlim muassasalari kutubxona fondidagi 4 millionga yaqin adabiyotlarni töliq elektron şaklga ötkaziş va mutaxassislik öquv darsliklarini 2 baravarga köpaytiriş böyiça topşiriqlar berildi.

Şuningdek, 1-sentabrga qadar barça oliygohlar kutubxonalari yagona tizimga ulanib, talabalar va tadqiqotçilar uçun tunu kun foydalaniş imkoniyati yaratiladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing