Oliy taʼlim tizimida kutilayotgan muhim özgarişlar

Matn12-avgust, 2018, 11:543 daqiqa0 koʻrish

Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan bir neçta normativ-huquqiy hujjat loyihalari muhokamaga qöyildi.

«Oliy taʼlim töğrisida nizomni tasdiqlaş haqida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori
https://regulation.gov.uz/uz/document/189

Uşbu loyihada ikkita jihat ahamiyatli:
1) Nihoyat "Oliy taʼlim töğrisida"gi nizom özbek tilida qabul qilinişi mumkin. Şu çoqqaça 15 yildan buyon Oliy taʼlim töğrisidagi Nizom faqat rus tilida mavjud edi (naqadar bemaʼnilik);
2) Nihoyat Oliy taʼlim "ögay"likdan qutular ekan. Şu çoqqaça barça taʼlim bosqiçlari (maktabgaça taʼlim, xalq taʼlimi, örta maxsus va h.k.) haqidagi Nizomlar Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan, faqat bitta Oliy taʼlim töğrisidagi Nizomgina vazirlikning buyruği bilan amalga kiritilgan edi.
Bu haqida quyidagi maqola ham yozilgandi: http://kun.uz/99281644

«Oliy taʼlim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»
https://regulation.gov.uz/uz/document/190

Hujjatda 2019/2020 öquv yilidan boşlab magistraturada kadrlar tayyorlaş işlab çiqariş yönalişida kamida 1 yil, ilmiy-pedagogik yönalişda kamida 2 yil bölişi qayd etilmoqda.
Şuningdek:
👉 iş beruvçi taşkilotlar talablari asosida ilmiy-pedagogik yönalişda mutaxassislarni maqsadli tayyorlaş faqat davlat granti asosida amalga oşiriladi;
👉 xorijiy mamlakatlarda 6 oygaça bölgan muddat (bir semestr) stajirovkada bölgan magistratura talabalariga öquv rejasida belgilangan fanlarni şaxsiy reja asosida erkin özalaştiriş imkoniyati beriladi;
👉 magistratura talabalari ilmiy tadqiqot işlarni olib borişi uçun barça arxiv, muzey hamda axborot-resurs markazlari maʼlumotlar bazasidan bepul foydalanadi;
👉 magistraturani imtiyozli tamomlagan talabalar OTM Kengaşi qarori asosida tayanç doktoranturaga sinovlarsiz qabul qilinadi.

«Oliy taʼlim muassasalarida talabalar özlaştirişini baholaş tizimi töğrisida Nizom»
https://regulation.gov.uz/uz/document/192

Katta özgarişlar bor!
👉 Avvalgidek 100 ballik reyting tizimi bekor qilinib, baho tizimiga ötiladi. Yaʼni 5 (aʼlo), 4 (yaxşi), 3 (qoniqarli) va 2 (qoniqarsiz) körinişida baholanadi.
👉 Avval joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar bölgan bölsa, bundan buyon faqat oraliq va yakuniy baholaş böladi.
Bu haqida yana batafsil bayon qilişga harakat qilaman.

«Özbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida ikkinçi va undan keyingi oliy taʼlimni oliş tartibi töğrisida nizom»
https://regulation.gov.uz/uz/document/193

👉 Asosiy özgariş bu davlat granti asosida öqişni tugatganlar 3 yil işlab bermasdan turib ham ikkinçi mutaxassislikka hujjat topşirişi mumkin. Endi Nizomdagi "diplomning asl nusxasi" degan joyi olib taşlanmoqda. Bu haqida avvalroq yozgandim.
👉 Hujjatlar 15-iyundan 15-iyulgaça qabul qilinadi, kiriş sinovlari 10-avgustdan 25-avgustga qadar ötkaziladi.
Taʼlim yönalişi böyiça kamida 7 nafar abituriyent muvaffaqiyatli ötgan taqdirda, ular öqişga tölov-kontrakt asosida qabul qilişga tavsiya etiladi.
👉 Kiriş sinovlaridan taʼlim yönalişi böyiça 7 nafardan kam abituriyent muvaffaqiyatli ötgan taqdirda, ularning arizalariga köra kiriş sinovlari bir xil bölgan boşqa taʼlim yönalişiga öqişga tavsiya etiladi.

«Oliy taʼlim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini ötaş tartibini takomillaştiriş töğrisida»
https://regulation.gov.uz/uz/document/194

Oliy taʼlim muassasalari talabalari iş joylariga dastlabki taqsimlaşni bitiruvçi kurs oxirida emas, balki mos ravişda ikkinçi va uçinçi kurslarda tahsil olayotgan davrda ötkaziş va barça turdagi amaliyotlarni işga yöllanma oladigan korxona, taşkilot yoki muassasada ötaşini yölga qöyiş tavsiya etilmoqda.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek