Ohangaronda 17 mln dollarlik çiqindi poligoni quriladi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganOhangaronda 17 mln dollar evaziga 30 gektarlik maişiy çiqindi poligoni quriladi
Bugun Şavkat Mirziyoyev raisligida çiqindilar bilan işlaş tizimini takomillaştiriş va hududlardagi ekologik holatni yaxşilaş yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov maʼlum qildi.
Yiğilişda joriy yilda maişiy çiqindi töplaş qamrovini 95 foizga, qayta işlaş hajmini 40 foizga, xususiy sektor uluşini 50 foizga yetkaziş vazifasi qöyildi. Buning uçun tadbirkorlarga bir qator yengilliklar beriladi, jumladan:
- import qilinadigan maxsus texnika, butlovçi va ehtiyot qismlar bojxona bojidan 3 yilga ozod etiladi;
- çiqindini qayta işlaşga qodir klasterlarga yer, mol-mulk va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz qilib belgilanadi.
Şuningdek, hududlar rahbarlariga resursini ötab bölgan maişiy çiqindi poligonlarini (jami 165 gektar maydonda 24 ta) 1-mayga qadar kömiş çoralarini köriş topşirildi.
Bir oy muddatda Ohangaron tumanida Osiyo taraqqiyoti banki iştirokidagi 30 gektar maydonda poligon taşkil etiş böyiça 17 million dollarlik loyiha doirasidagi qurilişni boşlaşga körsatma berildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1589





